Prezident Atamboev uch yashar bolani topishga buyruq berdi

Фото муаллифлик ҳуқуқи Social Media

O'zining 60 yoshli yubileyini nishonlagan Qirg'iziston Prezidenti Almazbek Atamboev Internet ijtimoiy tarmoqlarida qizg'in bahsu-munozaralarga olib kelgan uch yoshli bolaning ahvolini o'rganishga buyruq berga

Internetda erga to'shalgan karton qog'ozi ustida uxlab yotgan go'dakning fotosurati tarqalgan.

Sotsial tarmoq foydalanuvchilari yozishicha, fotosurat Qirg'iziston janubidagi O'sh viloyati Qorasuv tumanidagi Qorasuv bozorida olingan.

Bolakayning ota-onasi bilan bozorga chiqishga majbur bo'layotgani, ota-onasiga yordam berib charchagani tufayli karton qog'ozi ustiga yotib uxlab qolganini yozishgan Internet foydalanuvchilari.

Bundan xabar topgan Prezident Atamboev bolaning shaxsini hamda uning ota-onasining moliyaviy ahvolini o'rganishni buyurgan.

Prezident ma'muriyati rahbari Farid Niyazovning matbuotga aytishicha, prezident buyrug'i Bosh vazir o'rinbosari Gulmira Kudayberdieva va hukumat mas'uli Taalaybek Saribashevlarga topshirilgan.

O'sh viloyat hokimligi rasmiylari xabar qilishlaricha, bola va uning oilasi allaqachon ijtimoiy muhofaza bo'limi ro'yxatiga olingan.

Bolaning ismi Ishoq ekani, onasi yolg'iz ekani, ayolning jami to'rt farzandi borligini aytishgan O'sh viloyat hokimligi mas'ullari.

Oilaning doimiy yashash joyi yo'qligidan bolalarga ijtimoiy yordam ko'rsatishning imkoni bo'lmaganini, endi esa ularga oziq-ovqat va kiyimlar etkazib berilgani xabar qilingan.

17 sentyabr kuni 60 yoshga to'lishi munosabati bilan Prezident Almazbek Atamboev qator mamlakatlar rahbarlari va oddiy fuqarolardan tabriklar olgan.

Qirg'iziston prezidentiga O'zbekistonning muvaqqat prezidenti Shavkat Mirziyoev ham tabriknoma yo'llagan.

Qirg'iziston ommaviy axborot vositalari xabarlarida aytilishicha, janob Mirziyoev o'z tabrigida O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasidagi aloqalar yanada rivojlanishiga umid bildirgan.

"Ishonchim komil, tarixan shakllanib kelgan O'zbek-Qirg'iz munosabatlari yaxshi qo'shnichilik, o'zaro hurmat va ikki mamlakat hamda xalqlarimizning o'zaro manfaatlarini inobatga olib yanada rivojlanadi", deyiladi O'zbekiston prezidentining vazifalarini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoevning tabrigida.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook- BBC UZBEK

•Google+ BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.n.