Tojikiston Rogʻun GESi qurilishini boshladi

Vaxsh daryosi to'silishi

29 oktyabr kuni dunyoda eng baland deb koʻrilayotgan Rogʻun Gidroelektr stantsiyasi boshlanishining tantanali marosimi Vaxsh daryosi qirgʻogʻida joylashgan Rogʻun shahrida boʻlib oʻtgan.

Qurilish boshlanishi oldidan Vaxsh daryosi toʻsilgan.

Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, tantanali marosimda Prezident Imomali Rahmon, Tojikiston parlamenti aʼzolari, ziyolilar va yoshlar qatnashganlar.

Prezident Rahmon va marosimning boshqa ishtirokchilari Vaxsh daryosi oqimining oʻzgarishiga guvoh boʻlganlar.

Rogʻun elektк stantsiyasi Vaxsh daryosidan quvvat oladigan toʻqqizinchi GES boʻladi.

U poytaxt Dushanbedan 110 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Rogʻun GESi loyihasiga binoan, stantsiya quvvati 600 MVt ga teng olti agregatdan iborat boʻladi.

Tshoʻgʻonining balandligi 335 metrni tashkil qilib, bunday turdagi elektr stantsiyalari orasida dunyoda eng balandi boʻladi, deb koʻrilayapti.

Ishlab chiqarish quvvati 3600 MVt elektr energiyaga ega Rogʻun GESi mintaqada ham ham eng yirigi boʻladi.

Фото муаллифлик ҳуқуқи fergananews.com

Qurilishga 15 ming inson va 2 mingdan ortiq texnika jalb etilgani xabar qilinmoqda.

Rejaga binoan, Rogʻun GESining birinchi agregati 2018 yil ishga tushirilishi va dastlabki elektr energiyani bera boshlashi kerak.

Ikkinchi agregat esa 2019 yil aprelda ishga tushirilishi moʻljallangan.

Oʻzbekiston uzoq yillar Rogʻun GESi qurilishi butun mintaqaga xavf solishi, Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida joylashgan Oʻzbekistonni suvsiz qolishiga olib kelishini aytib, Tojikiston rahbariyatini Rogʻun GESi qurilishidan voz kechish, uning oʻrniga nisbatan kichik va xavfsiz elektr energiya stantsiyalari qurishga chaqirib kelgan.

Tojikiston esa Rogʻun loyihasidan butun mintaqa mamlakatlari manfaat koʻrishini, Oʻzbekistonni ham bu loyihada qatnashishga chaqirib kelganini aytgan.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarning sovuqlashishiga Rogʻun GESi ham sabab boʻlgan deb koʻriladi.

Vaxsh Amudaryoni suv bilan taʼminlaydigan muhim daryolardan biri.

Amudaryoda suv sathi kamayishi Oʻzbekistonning Buxoro, Xorazm viloyatlari, Qoraqalpogʻistondagi, shuningdek, Turkmanistondagi suv taʼminotiga taʼsir koʻrsatishi aniq.

Muxbirlarga koʻra, Rogʻun qurilishi Oʻzbekiston tomonining roziligi bilan boshlangan.

Vaxsh toʻsilishining Amudaryoga taʼsiri borasida ikki mamlakat rasmiylari qanday kelishuvga erishganlari hozircha jamoatchilikka maʼlum emas.

Bir kun oldin Tojikistonning 90 foiz hududi elektr quvvatisiz qolgan.

Buni "Barqi Tojik" shirkati Nurek GESidagi texnik nosozlik bilan tushuntirgan edi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring.