Prezident Atamboev: Qirg'izistondagi vaziyatni beqarorlashtirmoqchilar

Алмазбек Атамбоев Фото муаллифлик ҳуқуқи COURTESY

Prezident Almazbek Atamboevning ishonishicha, qator ommaviy axborot vositalari Qirg'izistondagi vaziyatni beqarorlashtirishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'yganlar.

Shuningdek, Prezident Atamboev so'z erkinligi bahonasida ayrim matbuot organlarini o'ziga nisbatan tuhmat va yomonotliq qilish kampaniyasini olib borayotganlikda ayblagan.

Almazbek Atamboev imzosi bilan bayonot matni 11 mart kuni Qirg'iziston prezidentining rasmiy veb-saytida e'lon qilingan.

«Oxirgi vaqtda Qirg'iziston Respublikasida matbuot erkinligi huquqi shiori ostida go'yoki mustaqil jurnalist, ommaviy axborot vositasi va siyosatchilarning bir guruhi o'zlari uchun jazosiz bo'hton qilish va o'zlariga yoqmagan insonlar, birinchi galda umumxalq saylovi bilan saylangan mustaqil Qirg'izistonning Prezidentiga mag'zava ag'darish huquqini talab qilmoqdalar", deb yozilgan Qirg'iziston prezidenti rasmiy saytida.

Almazbek Atamboev "erkinlik uchun soxta kurashchilarga qonun barchaga barobarligini tegishli organlar eslatib qo'yadigan fursat etgan"ini aytgan, hozir Qirg'iziston va xalqiga "tinchlik, barqarorlik va birdamlik kerak", deb yozgan.

Prezident Atamboevning ushbu bayonoti Qirg'izistondan Rossiyaning "Regnum" axborot agentligining Bishkekdagi Bosh muharriri Grigoriy Mixaylov chiqarib yuborilishi hamda Bosh prokuratura Qirg'iziston sha'nini himoya qilish maqsadida "Ozodlik"ning Qirg'iz xizmati va Zanoza.kg veb-saytiga qarshi bo'hton bilan bog'liq bir necha million somlik jinoyat ishi qo'zg'atgani ortidan e'lon qilingan.

Bundan oldin Qirg'iziston prokuraturasi Prezident Atamboevni muhofaza qilib muxolif jurnalist Dayirbek Orunbekovga qarshi tuhmat bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atgan.

Qudratdagi Sotsial-Demokratik partiya esa o'z sha'nini himoya qilib 24.kg veb-saytiga qarshi da'vo arizasi kiritgan, ma'naviy zararni undirish uchun tovon to'lash talabini ilgari surgan.

BВС O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Алоқадор мавзулар

Бу мавзуда батафсилроқ