'Qirg‘iziston o‘zbeklari Ramazon Hayitini xavotir bilan nishonladilar'

'Qirg‘iziston o‘zbeklari Ramazon Hayitini xavotir bilan nishonladilar'
Image caption 'Qirg‘iziston o‘zbeklari Ramazon Hayitini xavotir bilan nishonladilar'

Dunyo musulmonlari Ramazon haytini quvonch bilan inshonlasharkan, O‘sh va Jalolobodda bu bayram bir qadar xavotir bilan o‘tayotgani haqida xabarlar kelmoqda.

Xususan, o‘zbeklar qo‘rquv ichida Hayitni nishonlashgani va avvalgidek bayram shodiyonalari ko‘zga tashlanmasligi aytiladi.

O‘shliklarning aytishlaricha, bu yilgi Hayit namozini ado etishga chiqqan namozxonlar soni o‘tgan yilgilarga nisbatan ancha kam bo‘lgan.

Inson huquqlari faoli Izzatulla Rahmatullayevning aytishicha, shaharda oxirgi kunlarda tarqalayotgan turli mish-mishlar bayram kayfiyatiga ham salbiy ta‘sir qilgan.

Yana zo‘ravonliklar takrorlanarmish, degan ovozalar ortidan aksar o‘zbeklar bolalar va ayollarni Hayit kuni O‘zbekiston chegarasiga yaqin qishloqlarga olib borib qo‘yishgan.

"Birgina bizning mahallada besh-olti xonadon a‘zolari Aravonga, yana besh-olti oilaning ayol va bolalari Suratoshga ketishipti. Bu yerda ikki-uchtagina oila, unda ham asosan erkaklar qolgan", deydi Rahmatulla Izzatullayev.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди