Islomiy yurtda nega o‘g‘il bolalar jinsiy tahqirlanmoqda?

Bu yetim bolakayning otasi besh yil oldin minada nobud bo‘lgan, o‘shandan beri beva onasi va ukalarini boqish uchun u bachalik qiladi.
Image caption Bu yetim bolakayning otasi besh yil oldin minada nobud bo‘lgan, o‘shandan beri beva onasi va ukalarini boqish uchun u bachalik qiladi.

Shimoliy Afg‘onistonda, xususan, o‘zbeklar zich yashovchi hududlarda qadimiy bachabozlik odati qayta bosh ko‘tarmoqda.

Yetim va qashshoq o‘g‘il bolalar nafaqat ayollar kiyimida bacha raqslarini ijro etishadi, balki qurolli, puldor yo qudratli odamlar qo‘lida jinsiy tahqirlanadilar.

Bi-bi-si olib borgan tadqiqot natijasida bu odat mamlakat bo‘ylab kengayayotgani aniqlandi.

Ayniqsa, mamlakatning chekka hududlarida hukumat nazorati zaif, qonunlar ishlamaydi va qurol kuchi hukmron.

Buning yonida qashshoqlik ildiz otgan.

Ba‘zilar hatto bir kosa ovqat uchun ham tahqirga rozi.

Bi-bi-si O‘zbek Xizmati xodimi Rustam Qobil Afg‘onistonda olib borgan tadqiqoti davomida bachabozlik davralarida bo‘lib, tahqirlanayotgan bolalar, ularning oilalari, bachaboz va rasmiylar bilan suhbatlashib radiolavha tayyorlagan.

Eslatma: Radiolavhada ko‘ngilni xira qiluvchi holatlar haqida so‘z boradi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди