Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Qirg‘iziston janubidagi zo‘ravonliklardan uch oy o‘tib uylari vayron etilganlar qanday ahvolda?

Image caption Etnik to‘qnashuvlarda uylari vayron etilgan ba‘zi O‘shliklar hanuz chodirlarda kun kechirmoqdalar.

Iyun oyida Qirg‘izistonning O‘sh va Jalolobod viloyatlarida ro‘y bergan etnik to‘qnashuvlar oqibatida rasmiy ma‘lumotlarga binoan bir yarim mingga yaqin uy vayron etilgandi.

Biroq Birlashgan Millatlar tashkilotining sun‘iy yo‘ldosh orqali tadqiqot olib boradigan instituti - UNOSAT fazodan tushirilgan suratlarni o‘rganish asosida birgina O‘sh shahrining o‘zida 1807 uy vayron etilganini aniqlaganini ma‘lum qilgan.

Qirg‘iz rasmiylariga ko‘ra, mamlakat janubidagi hodisalar oqibatlarini bartaraf etish uchun 1 milliard dollargacha mablag‘ zarur bo‘lishi mumkin.

O‘sh shahridagi o‘zbeklar istiqomat qilgan ayrim mahallalar butkul vayron bo‘lgan.

Rasmiylar O‘shdagi Sulaymon tog‘i atrofidagi mahallalar o‘rnida ko‘p qavatli turar-joy binolarini barpo etish, shaharni yana obod va go‘zal shaharga aylantirishga va‘da bergandilar.

Hodisalardan beri uch oydan ko‘proq vaqt o‘tdi. Uyi kuygan o‘shlik oilalardan birining kundalik hayoti bugunga kelib qanday kechmoqda? Uyi tiklandimi? Kuzning salqin havosi muammo tug‘dirmayaptimi?

Bi-bi-si ana shu savollar bilan O‘sh shahar Yalang mahallasining Shamshod ko‘chasi yashovchisini suhbatga tortdi.

BBCUZBEK.COM tahririyati SMS raqami +447786201124