Сўнгги янгиланиш 30 сентябр 2010 - 12:01 GMT

Afg‘onistonda afyun ishlab chiqarish keskin kamaygan, ammo...

Birlashgan Millatlar Giyohvand moddalar va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash idorasining aytishicha, Afg‘onistonda afyun yetishtirish keskin kamaygan.

Ammo xalqaro idoraga ko‘ra, afyun narxi ko‘tarilib borayotgani bois dehqonlar yana ko‘knori yetishtirishga tushishlari ehtimoli ham yo‘q emas.

So‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, oxirgi bir yil ichida Afg‘onistonda ko‘knor hosili 50 foizga tushib ketgan.

BMT tomonidan o‘tkazilgan oxirgi tadqiqotlar natijasi ana shu kabi xushxabarni taqdim etgan.

So‘nggi yillarda afyun bozorida narx-navolarning izchillik bilan tushib borayotgani kuzatilgandi. Ammo yana narxlar ko‘tarila boshlagan.

Shu sabab, xalqaro tashkilot, xotirjamlikka asos yo‘qligi bilan ham ogohlantirmoqda.

Yangi hisobotda aytilishicha, bu yil ko‘knor hosilining kam bo‘lishiga asosiy sabab zamburug‘ kasalligining tarqagani bo‘lgan.

Afg‘onistonda jahonda iste‘mol etiladigan afyunning 90 foizi yetishtiriladi va hukumatning ko‘knorizorlarni yo‘qotish choralariga qaramay, ko‘knor ekilgan maydonlar miqyosi kamaymagan.

Ko‘knori asosan Afg‘onistonning Helmand, Qandahor kabi beqaror janubiy va g‘arbiy viloyatlarida yetishtiriladi.

Bu esa, afyun savdosi va isyonkorlik orasida bevosita bog‘liqlik borligini alohida urg‘ulaydi.

Yangi hisobotini e‘lon etishi ortidan xalqaro idora afyun tahdidiga qarshi keng ko‘lamli strategiya ishlab chiqishga ham da‘vat etgan.

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.