Rasht vodiysida tikuchar halokati oqibatida halok bo‘lganlar soni 7 kishiga yetdi

Image caption Rasht vodiysida hukumat kuchlari sentyabrdan beri qurollangan guruhlarga qarshi amaliyotlar olib bormoqdalar.

Tojikiston Milliy Gvardiyasi matbuot kotibi Xayriniso Komilovaning ma‘lum qilishicha, 6 oktyabr kuni Rasht tumani G‘arm havo qo‘nalg‘asi yaqinida ro‘y bergan tikuchar halokatida jarohatlangan 3 nafar yigitning bari kecha kechga yaqin vafot etganlar.

Tikuchar qulagan vaqtdayok 4 nafar epikaj a‘zosi halok bo‘lganligi haqidagi xabar avvalroq e‘lon qilingandi.

"Bugunga kelib halokatda Milliy gavardiyaning hammasi bo‘lib 7 nafar xizmatchisi halok bo‘ldi",- dedi matbuot kotibi.

Komilova xonimga ko‘ra, kator internet sahifalarida paydo bo‘lgan guyo 28 nafar harbiy tikuchar halokatida halok bo‘lgan, degan xabarlar noto‘g‘ri.

Rasmiylarga ko‘ra, Rashtda avtomashina halokatga uchragan va 6 nafar kishi halok bo‘lgan, degan xabarlar ham asossizdir.

Ommaviy axborot vositalari vakillari esa rasmiylardan Rashtdagi amaliyotlar borasida ma‘lumot olish o‘ta mushkulligi va Rasht vodiysi bilan telefon aloqalari tamoman uzilganligi sabab, rasmiy xabarlarni mustaqil manbalar yoda guvohlar orqali tasdiqlashning iloji yo‘qligi haqida aytmoqdalar.

Milliy gvardiyaning kecha oqshom vafot etgan xizmatchilari bugun o‘z vatanlarida dafn etilgan.

O‘tgan oy xuddi shu hududda hukumat askarlari tushgan harbiy karvonga qarshi pistirma uyushtirilgan va kamida 25 nafar armiya zobitlari va askarlar o‘ldirilgandi.

Hukumat bunda Birlashgan Tojik Muxolifati sobiq dala qo‘mondonlarini ayblagan.

Undan oldinroq esa, Dushanbe markazidagi Milliy Xavfsizlik Qo‘mitasining tergov hibsxonasidan 25 mahbus qochishga muvaffaq bo‘lgandi.

Mahbuslar islomiy jangarilar ekani, terrorizm va giyohvand moddalar kontrabandasida ayblanib, uzoq yillik qamoq jazolarini ado etayotgan bo‘lganliklari ma‘lum qilingan.

BBCUZBEK.COM tahririyati SMS raqami +447786201124