Сўнгги янгиланиш 11 октябр 2010 - 16:40 GMT

Tojikiston: din va dunyo oralig‘ida. 4-qism

Ko‘lob Tojikistonning janubiy mintaqasi bo‘lib, bugun mamlakat rahbariyatining vatani deb ta‘riflanishi ham mumkin.

Sho‘rolar davrida ham qashshoq bu bo‘lgadagi kuchlar besh yillik fuqarolar urushida hukumat qo‘shinlari bilan birga Islomiy muxolifatga qarshi kurashdi.

Urush tugashi bilan tarixda ilk bor mamlakat rahbariyatini ko‘lobliklar qo‘lga olishdi.

Bugun Tojikiston siyosiy sahnasida qudrat asosan shu mintaqa farzandlarining qo‘lida...

Ehtimol, bu yaqin kelajakda ham Tojikiston qudrat tarozisini Ko‘lobliklar bosib turishar, zotan, Tojikistondagi so‘nggi voqealar nazarda tutilsa, kuzatuvchilarga ko‘ra, buning aksi ham bo‘lishi mumkin.

Qashshoqlik, poraxo‘rlik va kuch tizimlarining bedodligi bu mintaqani ham chetlab o‘tayotgani yo‘q.

Aksariyat ko‘lobliklar ham Rossiyada mehnat muhojirlaridir.

Diniy radikal oqimlar bu mintaqada So‘g‘d viloyatida bo‘lgani kabi ommalashmagan esada, qashshoqlik va haqsizlikdan norozilar soni ko‘paymoqda.

Din barcha muammolarga yechim degan xulosaga kelayotganlarning safi yoshu qari orasida ortib borayotir...

BBC O‘zbek xizmati va BBC Fors televizioni hamkorlikda " Tojikiston: din va dunyo oralig‘ida " nomli maxsus loyiha tayyorlagan. Besh qismdan iborat video va audio dasturlarning navbatdagi lavhasida Xayrullo Fayz Tojikiston Ko‘lobga safar qiladi.

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.