Qo‘shma Shtatlarda armani mafiyasi kirdikorlari oshkor bo‘ldi

Image caption Armani mafiyasining 163 million dollarni o‘zlashtirgani ishoniladi

AQsh rasmiylari mamlakat sog‘liqni saqlash sohasidan o‘ta yirik miqdordagi mablag‘ni qalloblik yo‘li bilan o‘zlashtirish tizimini oshkor etdilar.

Arman mafiyasi bilan bog‘liq deya aytilgan 73 kishiga nisbatan ayblovlar ilgari surilgan.

Ayblov xulosasi o‘ta keng va yaxshi tashkillashgan jinoiiy guruh kirdikorlarini tasvirlab beradi.

Ayblanganlarning aksari arman millatiga mansub.

Aytilishicha ular hozirda qamoqda bo‘lgan Armen Kazaryan himoyasi ostida ish ko‘rganlar.

Ular Amerikaning 25 shtatida qalbaki shifoxoanlar tashkil qilib, hech qachon ko‘rsatilmagan tibbiy xizmat uchun hukumatdan pul olishgan.

Tekshiruvchilar shu yo‘l bilan 163 million dollar olingani dalillarini topganlar.

Federal Qidiruv Agentligi chorshanba kuni 52 kishini xibga olgan. Hammasi bo‘lib 73 kishi ayblangan.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, qalloblik yo‘li bilan olingan pullarning bir qismi Armanistonga jo‘natilgan.