Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Farg‘onada nafaqaxo‘rlar plastik kartochka olishga majburlanmoqda

Farg‘onadan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, hokimiyat vakillari nafaqaxo‘rlarni plastik kartochkaga o‘tishga ko‘ndirish uchun faol targ‘ibot ishlarini olib borishmoqda.

Xabarlardan birida aytilishicha, viloyatdagi har bir shifokorga qabuliga borgan nafaqaxo‘rni plastik kartochka olishga ko‘ndirish vazifasi qo‘yilgan.

Nafaqalarning kamida o‘ttiz foizi plastik kartochkalarga o‘tkazilayotgani aytiladi.

O‘zbekiston hukumati oxirgi yillarda to‘lovning plastik kartochka tizimini joriy qilgan, ammo naqd pul taqchilligi aholiga ulardan foydalanishni qiyinlashtirmoqda.

Hukumat terminallarning yetishmasligi va savdogarlarning plastik muomala uchun ustama haqi talab qilish muammolari mavjudligini tan olgan.

Rasmiylar nazarida plastik kartochkalar iqtisodning barqarorlashuviga xizmat qiladi, ammo qonunga muvofiq, plastik kartochkalarga o‘tish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi kerak.

Bi-bi-si Farg‘onadagi vaziyat haqida qo‘qonlik faol Hamdam Sulaymonov bilan suhbatlashgan.