Moskvada inson huquqlari faoli Bahrom Hamroyev kaltaklangan

Kecha Moskvada "Memorial" inson huquqlarini himoya qilish markazining faoli Bahrom Hamroyev kaltaklangan.

Asli o‘zbekistonlik inson huquqlari faoli uni kaltaklagan shaxs Federal Xavfsizlik Xizmati xodimi ekanini da‘vo qilgan.

Bahrom Hamroyev kaltak zarbidan bir muddat hushini yo‘qotgan va o‘ziga kelgach, "Tez yordam" mashinasida shifoxonaga olib ketilgan.

Shifokorlar inson huquqlari faolining lat yegani va miyasi chayqalganiga oid xulosaga kelishgan. Ammo u kasalxonaga yotishdan bosh tortgan.

"Memorial" tashkiloti xodimining kaltaklanishiga o‘z faoliyatlari sabab bo‘lgani ehtimolini ham aytmoqda.

Tashkilotga ko‘ra, so‘nggi oylarda Moskvada "islomiy ekstremizmda" ayblangan shaxslarga qarshi maxsus amaliyotlar chog‘ida inson haqlarining qo‘pol ravishda buzilayotganiga keng jamoatchilik va axborot vositalarining e‘tiborini tortib kelayotgan bo‘lishgan.

Jabrdiydaning aytishi bo‘yicha, o‘zining kaltaklanishi yuzasidan jinoiy ish ham ochilgan.

Kecha yuz bergan hodisa ortidan "Memorial" tashkiloti Rossiya Ichki ishlar vazirligi, Federal Xavfsizlik Xizmati va Bosh prokuraturani zudlik bilan tergov o‘tkazishga chaqirgandi.

Bahrom Hamroyevning faoliyati asosan Markaziy osiëlik mehnat muhojirlari muammolarini yoritish bilan bog‘liq.

Biz inson huquqlari faolining o‘ziga bog‘landik va hodisa tafsilotlarini so‘radik:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди