Rossiya chegarachilari yana Tojikistonga qaytishga hozir ekanliklarini aytishmoqda

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mulozimi rus chegarachilari tojik-afg‘on chegaralarini qӯriqlashga tayyor ekanligini bildirgan.

Rasmiy Moskva vakili Afg‘oniston hududida vaziyat og‘irlashayotgani va tojik-afg‘on chegaralaridagi xavfsizlik Rossiya uchun ham muhim ekanligini urg‘ulagan.

Bundan bir necha kun avval Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon NATO kuchlari Afg‘onistondan chiqarilishi oldidan tojik-afg‘on chegaralarini mustahkamlash uchun moddiy kӯmak zarurligi haqida bayonot qilgandi.

Tojik siyosatchilari esa, Rossiya mintaqada yana o‘z ta‘sirini oshirish niyatida ekanligini urg‘ulashadi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Maksim Peshkovga kӯra, rus chegarachilarining Tojikistonga qaytishi masalasining kӯtarilishi Tojikiston hukumatiga bog‘liq.

Dushanbeda ӯtgan “Tojikiston-Rossiya-2010” xalqaro anjumani doirasida jurnalistlarning bu boradagi savollariga javob berarkan, janob Peshkov ,” Agar kerak bӯlsa, biz, tabiiyki, bu masalani kӯrib chiqamiz”, deb aytgan.

“Chunki Afg‘onistonda vaziyat yaxshilanmayapti. Chegaralarni, tabiiyki, qanday bӯlmasin mustahkamlash, xavfsizlik darajasini kӯtarish lozim. Rossiya Tojikistonga kerak, Tojikistonga esa Rossiya. Bu faqat iqtisodiy hamkorlikda emas, eng avvalo, Afg‘onistondagi toliblar omilida xavfsizlik masalasi muhimdir”, degan Maksim Peshkov.

Rossiya chegarachilari 2005 yilga qadar Tojikistonning Afg‘oniston va Xitoy bilan chegaralarini qӯriqlab kelishgan.

Shundan buyon Rossiya ommaviy-axborot vositalarida rus siyosatchilarining tojik-afg‘on chegaralarini tojik chegarachilari qӯriqlay olmayotgani, shu sabab, Afg‘onistondan giyohvand moddalar ӯtishi kӯpayganligi haqidagi chiqishlari kuzatiladi. Ularda rus chegarachilarining Tojikistonga qaytishi kerak, degan ishorani ilg‘ash qiyin emas.

Ayni vaqtda Tojikistonda mahalliy aholi ham, siyosatdonlar ham rus chegarachilarining o‘z mamlakatlariga qaytishini istashmaydi.

Rasmiylar Rossiya chegarachilarini ortga qaytarish istagidagi ishoralar Kremlning Markaziy Osiyoda o‘z mavqeini mustahkamlashga karatilganini urg‘ulashadi.

Mustaqil siyosatshunos Nurali Davlat Tojikiston Rossiya qӯshinlarining qaytadan kiritilishiga yӯl kӯymasligini ta‘kidlaydi.

“Agar qattiq bosim kӯrsatilmasa, Tojikiston rozi bӯlmaydi, hech vaqt rozi bӯlmaydi. Chunki davlatdorlikning asosiy belgilaridan biri uni ӯz odamlari qӯriqlashi kerak. Lekin juda qattiq bosim kӯrsatilsa, Tojikiston hukumati rozi bӯlishi ham mumkin. Afg‘onistonda vaziyat juda yomonlashgan. Rossiya esa Afgonistonga yana yaqinlashishni istaydi” , deydi Nurali Davlat.

Ayrim kuzatuvchilar Rossiya Rog‘un qurilishiga katta yordam kӯrsatadigan bӯlsa, tojik-afg‘on chegaralariga qaytish imkoni paydo bӯlishini aytishadi. Dushanbe yaqinidagi “Ayniy” harbiy aerodromidan Rossiya umidvor ekanligi ham urg‘ulanadi.

Sentyabr-oktyabr oylarida Rasht vodiysidagi janglarda esa, Afg‘onistondan ӯtgan kuchlar yetakchilik qilganligi rasman aytilgandi.

Ana shu manzarada Tojikiston afg‘on chegaralari bilan bogliq xavfsizlikni ta‘minlayaptimi, degan savol ham ӯrtaga tashlanadi.

Tojikiston Afg‘oniston bilan qariyb bir yarim ming kilometr uzunlikdagi chegaraga ega. Chegaraning asosiy qismini qӯriqlash qiyin bӯlgan tog‘li hududlar tashkil qiladi.

Shundoqqina Tojikiston chegarasi ortidagi Afg‘onistonning butunboshli viloyatlarida toliblar ӯrnashganligi ta‘kidlanadi.