Qirg‘iziston: mahkum onasi uni ozod etishlarini talab qildi

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Qirg‘iziston janubidagi mahkama tomonidan o‘tgan yili iyun oyida yuz bergan zo‘ravonliklarda ayblanib, 23 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Jahongir Bozorovning onasi Sharofat Bozorova Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari va mahalliy hamda xalqaro inson haqlarini himoya qilish tashkilotlariga murojaat qilib, uning o‘g‘lini ozod etishda ko‘mak berishlarini so‘ragan.

Yuzlab asosan begunoh o‘zbeklarning o‘limiga sabab bo‘lgan hodisalar yuzasidan o‘tgan yil sentyabr oyida chiqarilgan ilk mahkama hukmiga binoan, Jahongir Bozorov etnik zo‘ravonliklarga sahna bo‘lgan Qorasuv tumani Furqat qishlog‘ida bir qirg‘iz yigitini o‘ldirishda aybdor deb topilgandi.

42 yoshli Jahongir Bozorovning onasi uning o‘g‘li ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etmagani va unga qo‘yilgan ayblovlar "soxta" ekani hamda ular "qiynoqlar ostida" olinganini aytadi.

Qirg‘iz xavfsizlik kuchlari zo‘ravonliklardan so‘ng boshlanib ketgan amaliyotlarda asosan o‘zbeklarni hibsga olgani aytiladi.

Inson huquqlari tashkilotlari ularning qiynoqlarga tutilayotganini aytishgan.

Jahongir Bozorovning onasi o‘tgan yili iyun oyida yuz bergan hodisalar yuzasidan quyidagilarni so‘zlab berdi.