Сўнгги янгиланиш 27 январ 2011 - 10:28 GMT

HRW: 'Qirg‘iziston, adolatsizlikni to‘xtat'

"Xьyuman Rayts Votch" xalqaro inson huquqlarini himoya qilish tashkilotining aytishicha, Qirg‘iziston Oliy mahkamasi 2010 yilning iyun oyidagi milliy nizolar bilan aloqadorlikda bo‘lib o‘tayotgan mahkama jarayonida adolatsizlikning oldini olish mumkin.

So‘z taniqli inson huquqlari himoyachisi Azimjon Asqarov doxil 8 nafar etnik o‘zbek ustidan kecha, 26 yanvar kuni Qirg‘iziston Oliy mahkamasida boshlangan mahkama jarayoni haqida ketmoqda.

Ushbu mahkama jarayoni qiynoqlar, tahdidlar va zo‘ravonliklarga oid iddaolar manzarasida qolib keladi.

Ular o‘tgan yilning iyun oyida janubiy Bozor-Qo‘rg‘on shahrida yuz bergan ommaviy tartibsizliklar chog‘ida bir militsiya xodimini shafqatsiz tarzda o‘ldirishda ishtirok etish va yana bir qanchasiga tan jarohati yetkazishda aybdor, deb topilishgandi.

Sudlanuvchilarning himoyachilari ularning hisbxonada qiynoqqa solinganliklarini da‘vo etishgandi.

Xalqaro tashkilotning aytishicha, "mazkur mahkama jarayonida avvalboshdan adolatsizlikka yo‘l qo‘yilgan".

"Ularning aybdor deb topilishi ayblanuvchilarning adolatli mahkamaga bo‘lgan huquqlari va Qirg‘iziston adliya tizimining mazax qilinishidir," deb aytgan "Xьyuman Ratsy Votch" tadqiqotchisi Ole Solvang.

Xalqaro tashkilotga ko‘ra, Qirg‘iziston Oliy mahkamasi ularning ishini qayta ko‘rib chiqishga yuborishi va prokuratura mas‘ullarini qiynoqlar, nomaqbul munosabat hamda boshqa qonunbuzarliklarga oid da‘volarni batafsil ko‘rib chiqishga undashi mumkin.

O‘tgan sentyabr oyida ayblanuvchilarning barchasi garovgirlik, milliy nafrat uyg‘otish, ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish va qotillikda ishtirok etishda aybdor, deb topilishgandi.

26 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan mahkama jarayonida ko‘plab sudlanuvchilarning himoyachilari mijozlarining hibsxonada shafqatsiz kaltaklanganliklarini aytishgan.

Ayni ish yuzasidan 27 yanvarga rejalangan navbatdagi mahkama jarayoni 8 fevralga qoldirilgan.

Ayblanuvchilarga nisbatan nomaqbul munosabatlarga oid takroriy shikoyatlarga qaramasdan, qirg‘izistonlik prokurorlar ushbu da‘volar yuzasidan jinoiy ish ochishdan bosh tortib kelishmoqda, deydi "Xьyuman Rayts Votch".

"Azimjon Asqarov va boshqa sudlanuvchilar militsiya nazorati ostida bo‘lishgan paytda, prokuratura idorasi ularning nomaqbul munosabatlar yuzasidan og‘iz ochishga qo‘rqishlari holatidan ko‘z yumib keldi. Hozir ayblanuvchilar bu xususda ochiq gapirishmoqda. Shunday ekan, prokurorlarning bahonalari boshqa o‘tmaydi. Ular zudlik bilan zo‘ravonliklarga oid da‘volarni sinchiklab tekshirishni boshlashlari lozim," deb aytgan xalqaro tashkilot tadqiqotchisi Ole Solvang.

Inson huquqlari faoli Azimjon Asqarov o‘tgan yilning sentyabr oyida bir umrlik qamoq jazosiga hukm etilgandi.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.