Afg‘onistonda "al-Qoida" qo‘mondonlaridan biri halok etildi

Фото муаллифлик ҳуқуқи BBC World Service
Image caption Mahbuslar qamoqxonadan qochish uchun tuynuk qazishgan

Afg‘onistondagi xalqaro kuchlarga ko‘ra, ular mamlakatning Pokiston bilan chegaradosh Kunar viloyatida "al-Qoida" tarmog‘ining ikkinchi yirik qo‘mondonini halok etganlar.

Abu Nafs al-Najdiy nomi bilan ham tanish Abdul G‘ani Tolibon uchun Afg‘oniston hududida harbiy-o‘quv jamloqlari tashkil etgan hamda qabila boshliqlari va xorijiylarga qarshi hujumlar uyushtirgan.

Saudiya Arabistonining sobiq fuqarosi Abdul G‘ani NATO tomonidan qidirilayotgan "al-Qoida" qo‘mondonlari ro‘yxatining ikkinchi qatorida turgan.

Afg‘onistondagi xalqaro kuchlar vakillariga ko‘ra, Abdul G‘ani havo hujumida halok etilgan.

Ayni damda afg‘on rasmiylari yakshanbaga o‘tar kechasi Qandahor qamoqxonasidan qochgan 475 mahkumdan 65 nafari qayta qo‘lga tushganini aytganlar.

bu yerga bosing Mahkumlarning aksari Tolibon jangchilari bo‘lishgan.

Biroq BBCning Kobuldagi muxbiri Kuyentin Sommervilning aytishicha, Qandahor qamoqxonasidan yuzlab mahkumlarning qochishi mintaqa xavfsizligini izdan chiqarishi mumkin.

Afg‘oniston prezidentining so‘zchisi Qandahor qamoqxonasidan mahkumlarning qochishini "halokat" deya ta‘riflagandi.

NATO kuchlari Afg‘onistondan chiqib ketish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rmoqdalar.

Afg‘oniston xavfsizligini milliy armiyaga topshirish jarayoni iyul oyidan boshlanishi kutilmoqda.