Tojikiston shimolida O‘IHga a‘zolikda gumon qilingan shaxs hibsga olindi

Image caption Sug‘d viloyatida so‘nggi yillarda "O‘zbekiston Islomiy Harakati"ning faollashgani kuzatiladi

Tojikiston shimolidagi Isfara tumanida "O‘zbekiston Islomiy Harakati"ga a‘zolikda gumon qilingan shaxs hibsga olingan.

Bu haqda "Ozodagon" mustaqil internet sahifasi Sug‘d viloyati Ichki ishlar idorasidagi manbaga tayangan holda ma‘lum qilgan.

32 yoshli Mansur Sobitov "O‘zbekiston Islomiy Harakati"ga a‘zolikda gumon qilingan ikki shaxsga ko‘maklashishda ayblanmoqda.

Mansur Sobitov o‘tgan yil kuzida qidiruvda bo‘lgan Abdunaim Hasanov va Suhrob Vahhobovga oziq-ovqat va zaruriy mahsulotlar yetkazib turgan.

O‘tgan yil oktyabrida Tojikiston huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan maxsus amaliyot chog‘ida Abdunaim Hasanov hibsga olingan, Suhrob Vahhobov esa otib o‘ldirilgan edi.

Mazkur amaliyotda hammasi bo‘lib, "O‘zbekiston Islomiy Harakati" a‘zolari deya ko‘rilgan to‘rt shaxs halok etilgan edi.

Sug‘d viloyatida "O‘zbekiston Islomiy Harakati" faollarini tutish amaliyoti Xo‘jand shahri Ichki ishlar idorasiga uyushtirilgan intihoriy hujum ortidan boshlatilgan edi.

Ko‘p o‘tmay huquq-tartibot idoralari mahalliy aholidan yana bir necha kishini hibsga oldi.

bu yerga bosing Ular orasida hali balog‘atga o‘rta maktab o‘quvchisi ham bo‘lgani xabar qilindi.

O‘tgan yilning o‘zida Sug‘d viloyatining o‘zida 40 dan ortiq shaxsga nisbatan qidiruv e‘lon qildi.

So‘nggi yillarda Sug‘d viloyatida "O‘zbekiston Islomiy Harakati"ning faollashgani kuzatilgan.

Xo‘sh, bunga sabab nima? BBC ayni savol bilan "Ozodagon" veb sahifasining muharriri Zafar So‘fiyga murojaat qildi:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди