Moskva janubida markaziy osiyolik lo‘lilar "shaharchasi" vayron qilindi

Фото муаллифлик ҳуқуқи none
Image caption Rasmiylarga ko‘ra, lo‘lilar "shaharchasi" tasodifan aniqlangan.

Taxminan 50 nafardan ortiqroq lo‘lilar temir yo‘l yaqinidagi katta jarda yerto‘lalar qurib, yashirin yashab kelishgan. Rasmiylarga ko‘ra, lo‘lilar "shaharchasi" tasodifan aniqlangan.

Lo‘lilar "shaharchasi" Moskva janubidagi "Kosino" temir yo‘l platformasidan 200 chaqirimcha uzoqlikdagi jarda joylashgan.

To‘rt tomoni ko‘m-ko‘k daraxt va butalar bilan o‘ralgan10 yaqin yerto‘la buldozerlar bilan vayron qilindi.

Atrofda sochilib yotgan kiyim-boshlar, idish-tovoq, bolalar qo‘g‘irchoqlari va hatto quritilgan isiriqni ham ko‘rish mumkin.

Moskva migratsiya xizmati inspektori Roman Chermashentsevning BBCga aytishicha, politsiya kelishi bilan lo‘lilar to‘rt tarafga "tum-taraqay" qochishgan.

Shu bois ularning hech biri qo‘lga olinmagan.

Фото муаллифлик ҳуқуқи none
Image caption To‘rt tomoni ko‘m-ko‘k daraxt va butalar bilan o‘ralgan10 yaqin yerto‘la buldozerlar bilan vayron qilindi

"Muhojirlar yosh bolalari bilan antisanitariya sharoitida yashashgan. Yer to‘lada pechka bilan isinishgan va ovqatlarini ham shu yerda pishirishgan. Muhojirlar yashagan joyda jinoyatchilikka bog‘liq biror narsa topilmadi. Bizga aniq bo‘lishicha yerto‘lalarda O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan lo‘lilar yashashgan. Ular odatda, hech yerda ishlashmaydi. Faqat vokzal va bozorlarda tilamchilik qilib kun kechirishadi", deydi Roman Chermashentsev.

Migratsiya xizmati xodimiga ko‘ra, muhojirlar yashagan jar atrofi nazorat ostiga olingan. Qo‘lga tushirilgan taqdirda lo‘lilar Rossiyadan deportatsiya qilinishi mumkin.

Moskva mintaqasidagi "Muhojirlar yer osti shaharchasi" birinchi marotiba topilgani yo‘q.

Shu yilning mart oyida politsiya Moskva g‘arbidagi bombapanohda 150 nafar markaziy osiyolik noqonuniy mehnat muhojirini qo‘lga olgandi.

Muhojirlar ushlangan korxona yaqinida zamonaviy raketa komplekslari ishlab chiqaradigan Moskva radiotexnika zavodi joylashgan bo‘lgan.