Сўнгги янгиланиш 1 июл 2011 - 12:22 GMT

Rossiya, Qozog‘iston va Belarus orasidagi yagona boj tizimi ishga tushdi

Ko‘plab qozoqlarning qo‘rqishicha, mamlakat ichki ishlab chiqarishi endi ancha sifatli Rossiya mahsulotlari bilan raqobat qila olmay qolishi mumkin

Rossiya, Qozog‘iston va Belarus o‘rtasida chegara bojlari olib tashlandi. Endi bu uch davlatning bittasida sotib olingan mahsulotni bemalol boshqasiga olib borib sotish mumkin.

Lekin Yagona Bojxona Ittifoqi ham umid va ham xavotir bilan qarshi olinmoqda. Xususan, tashqaridan keladigan mahsulotlarga qo‘yiladigan boj narxlari umumiylashtirilishi kerak va ayni shu holat ko‘plab qozoqlarda norozilik uyg‘otmoqda.

Masalan, Qozog‘istonga keladigan Eron va Xitoy mahsulotlarni narxi oshib ketishi kutilayapti. Xuddi shu sababli bundan keyin Xitoydan Qozog‘istonga noqonuniy mahsulotlar kiritishga urinishlar ham ko‘payishi mumkin.

O‘z o‘rnida, yagona boj tizimi orqali sobiq Sovet Ittifoqining qariyb uchdan bir qismini tashkil etuvchi yirik hududda iqtisodiy integratsiyaga erishiladi, degan umidlar ham katta.

"Biz birlashib, xalqaro doirada Yevrohudud, AQSh va Xitoy bilan raqobatga kirisha olamiz" - deydi Qozog‘istondan iqtisodiy tahlilchi Qanot Erintoyev - "Bojxona Ittifoqi ishga tushishi bilan sobiq ishlab chiqarish tizimi qayta birlashadi, eskirgan texnologiyalar yangilanadi, mahsulotlar sifati esa dunyo andazasiga yetkaziladi".

Yagona Bojxona Ittifoqi orzusi hali 90-yillardan beri mavjud edi. Endilikda uning ishga tushishini ko‘pchilik Ovro‘po Ititfoqi kabi bir muvaffaqiyatli guruhning tug‘ilishiga ham qiyoslamoqda. Ayni damda 1922 yili SSSRning paydo bo‘lishi holatini qayd etadiganlar ham bor.


Umidlar katta, xavotirlar ham kichik emas

Rossiya Belarusga neftь, gaz, go‘sht mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi texnikasi qismlarini sotadi. Qozog‘iston bilan savdo aloqalarida yoqilg‘i qatorida metal va kimyoviy hamda oziq-ovqat mahsulotlari muhim o‘rin tutadi.

Endilikda yagona bozor doirasida ushbu mahsulotlar savdosidagi raqobat kuchayadi. Ko‘plab qozog‘istonliklarga ko‘ra, buning yomon jihati - Qozog‘iston mahsulotlari sifat bo‘yicha Rossiya mollari bilan bellasha olmaydi. Bu esa Qozog‘istondagi ichki ishlab chiqarish uchun zararli bo‘lishi mumkin.

Negaki, aksar neftь, gaz, g‘alla va metal xomashyolarini chetga sotadigan Qozog‘istonda iqtisodi hali ko‘p tarmoqli bo‘lib ulgurmagan.

Qator tayyor mahsulotlar qo‘shni mamlakatlardan keladi. Xususan, Namangan yo Qirg‘izistonda tikib chiqarilgan kiyim-boshlar yoki Toshkentdan kelayotgan plastik mahsulotlarni tilga olish mumkin.

Ammo qozoq tojirlari Xitoydan keltirgan tayyor mahsulotlarini bemalol boj to‘lamasdan, Rossiya va Belarusga olib borib sotishlari mumkin.


Yagona boj tizimi kimga ish beradi?


Qirg‘iziston va Tojikiston ham bu ittifoqqa qo‘shilish borasida o‘ylashmoqda. Ammo Qirg‘izistonning Xalqaro Savdo Tashkilotiga a‘zoligi ushbu ittifoqqqa qo‘shilishini savol ostiga qo‘yadi.

Qirg‘izlar, shuningdek, allaqachon Xitoy mahsulotlari oqimiga bas kelolmayotgan o‘z ishlab chiqarishlari endi ko‘payadigan Rossiya mollari bilan raqobat qila olmasligini ham taroziga solib ko‘rishmoqda.

O‘zbekiston esa ushbu Yagona Bojxona Ittifoqiga qarshi bo‘lib kelgan. Toshkentning mavqeiga ko‘ra, bu uchun ishtirokchi mamlakatlar iqtisodi va ishlab chiqarishi o‘zaro yaqin bo‘lishi kerak.

O‘zbekiston ichki ishlab chiqarishni riovjlantirish niyatida chetdan keladigan tayyor mahsulotlarga katta miqdorda boj qo‘yadi. Buning ustiga, Xitoy va Rossiyaga qaram bo‘lib qolmaslikka qattiq intilmoqda.

Ammo ichki ishlab chiqarishidagi sifat va texnologiya muammolari, iqtisodi yopiq, arzon Xitoy mahsulotlari allaqachon o‘zbek bozorlarini ham egallagan.

Aholi orasida ishsizlik yuqoriligi bois esa millionlab o‘zbekistonliklar Rossiya va Qozog‘istonda ishlab pul topishmoqda.

Tahlilchilarga ko‘ra, bunday sharoitda O‘zbekiston o‘z insoniy zahiralari va ulardan oqilona foydalanish borasida jiddiy o‘ylab ko‘rishi hamda Olma-Ota va Moskva bilan birgalikda ushbu masalalarga yechim topishga intilishi kerak.

Lekin Yagona Bojxona Ittifoqi ham umid va ham xavotir bilan qarshi olinmoqda. Xususan, tashqaridan keladigan mahsulotlarga qo‘yiladigan boj narxlari umumiylashtirilishi kerak va ayni shu holat ko‘plab qozoqlarda norozilik uyg‘otmoqda.

Masalan, Qozog‘istonga keladigan Eron va Xitoy mahsulotlarni narxi oshib ketishi kutilayapti. Xuddi shu sababli bundan keyin Xitoydan Qozog‘istonga noqonuniy mahsulotlar kiritishga urinishlar ham ko‘payishi mumkin.

O‘z o‘rnida, yagona boj tizimi orqali sobiq Sovet Ittifoqining qariyb uchdan bir qismini tashkil etuvchi yirik hududda iqtisodiy integratsiyaga erishiladi, degan umidlar ham katta.

"Biz birlashib, xalqaro doirada Yevrohudud, AQSh va Xitoy bilan raqobatga kirisha olamiz" - deydi Qozog‘istondan iqtisodiy tahlilchi Qanot Erintoyev - "Bojxona Ittifoqi ishga tushishi bilan sobiq ishlab chiqarish tizimi qayta birlashadi, eskirgan texnologiyalar yangilanadi, mahsulotlar sifati esa dunyo andazasiga yetkaziladi".

Yagona Bojxona Ittifoqi orzusi hali 90-yillardan beri mavjud edi. Endilikda uning ishga tushishini ko‘pchilik Ovro‘po Ititfoqi kabi bir muvaffaqiyatli guruhning tug‘ilishiga ham qiyoslamoqda. Ayni damda 1922 yili SSSRning paydo bo‘lishi holatini qayd etadiganlar ham bor.


Umidlar katta, xavotirlar ham kichik emas

Rossiya Belarusga neft, gaz, go‘sht mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi texnikasi qismlarini sotadi. Qozog‘iston bilan savdo aloqalarida yoqilg‘i qatorida metal va kimyoviy hamda oziq-ovqat mahsulotlari muhim o‘rin tutadi.

Endilikda yagona bozor doirasida ushbu mahsulotlar savdosidagi raqobat kuchayadi. Ko‘plab qozog‘istonliklarga ko‘ra, buning yomon jihati - Qozog‘iston mahsulotlari sifat bo‘yicha Rossiya mollari bilan bellasha olmaydi. Bu esa Qozog‘istondagi ichki ishlab chiqarish uchun zararli bo‘lishi mumkin.

Negaki, aksar neft, gaz, g‘alla va metal xomashyolarini chetga sotadigan Qozog‘istonda iqtisodi hali ko‘p tarmoqli bo‘lib ulgurmagan.

Qator tayyor mahsulotlar qo‘shni mamlakatlardan keladi. Xususan, Namangan yo Qirg‘izistonda tikib chiqarilgan kiyim-boshlar yoki Toshkentdan kelayotgan plastik mahsulotlarni tilga olish mumkin.

Ammo qozoq tojirlari Xitoydan keltirgan tayyor mahsulotlarini bemalol boj to‘lamasdan, Rossiya va Belarusga olib borib sotishlari mumkin.


Qirg‘iziston va Tojikiston ham bu ittifoqqa qo‘shilish borasida o‘ylashmoqda. Ammo Qirg‘izistonning Xalqaro Savdo Tashkilotiga a‘zoligi ushbu ittifoqqqa qo‘shilishini savol ostiga qo‘yadi.

Qirg‘izlar, shuningdek, allaqachon Xitoy mahsulotlari oqimiga bas kelolmayotgan o‘z ishlab chiqarishlari endi ko‘payadigan Rossiya mollari bilan raqobat qila olmasligini ham taroziga solib ko‘rishmoqda.

O‘zbekiston esa ushbu Yagona Bojxona Ittifoqiga qarshi bo‘lib kelgan. Toshkentning mavqeiga ko‘ra, bu uchun ishtirokchi mamlakatlar iqtisodi va ishlab chiqarishi o‘zaro yaqin bo‘lishi kerak.

O‘zbekiston ichki ishlab chiqarishni riovjlantirish niyatida chetdan keladigan tayyor mahsulotlarga katta miqdorda boj qo‘yadi. Buning ustiga, Xitoy va Rossiyaga qaram bo‘lib qolmaslikka qattiq intilmoqda.

Ammo ichki ishlab chiqarishidagi sifat va texnologiya muammolari, iqtisodi yopiq, arzon Xitoy mahsulotlari allaqachon o‘zbek bozorlarini ham egallagan.

Aholi orasida ishsizlik yuqoriligi bois esa millionlab o‘zbekistonliklar Rossiya va Qozog‘istonda ishlab pul topishmoqda.

Tahlilchilarga ko‘ra, bunday sharoitda O‘zbekiston o‘z insoniy zahiralari va ulardan oqilona foydalanish borasida jiddiy o‘ylab ko‘rishi hamda Olma-Ota va Moskva bilan birgalikda ushbu masalalarga yechim topishga intilishi kerak.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.