BBC muxbiri O‘rinboy Usmon mahkamaga yuz tutmoqda

Image caption O‘rinboy Usmon va BBC qo‘yilgan ayblovlarning mutlaqo asossizligini aytib kelishgan.

BBCga ma‘lum bo‘lishicha, Tojikiston rasmiylari tomonidan bir oy hibsda ushlanib, keyinchalik ozod qilingan Xo‘janddagi muxbiri O‘rinboy Usmon ertaga mahkamaga yuz tutadi.

59 yoshli O‘rinboy Usmonovga Xo‘jand shahar mahkamasida ertaga, 16 avgust kuni "Huzbut Tahrir" islomiy firqasiga aloqadorlik ayblovlari asosida hozir bo‘lishi kerakligi aytilgan.

O‘rinboy Usmonov o‘ziga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarni mutlaqo rad etib kelgan.

Janob Usmonov iyun oyida hibsga olinib, bir oy mobaynida ushlab turilgandi.

BBC doimo o‘z muxbirining "Hezbut Tahrir"ga aloqador ekanligi haqidagi da‘volarni mutlaqo asossiz ekanligini bildirib kelgan.

Janob Usmonovning turli fikr va mavqedagi insonlar bilan uchrashuvlari va suhbatlari BBC jurnalistlari olib boruvchi kasbiy faoliyatining tarkibiy qismi bo‘lgan xolos.

Janob Usmonov BBC Markaziy Osiyo xizmatida 10 yildan beri ishlab kelgan.

Uning aytishicha, Markaziy Osiyo davlatlarida faol bo‘lgan "Hezbut Tahrir" a‘zolari bilan ular faoliyati haqida xabar berish uchungina uchrashgan.

Qator xalqaro inson huquqlari va matbuot erkinligi tashkilotlari janob Usmonovning hisbga olinishini nozik siyosiy va diniy masalalar borasidagi xabarlarni tsenzura qilish harakati sifatida qorlaganlar.