Сўнгги янгиланиш 29 сентябр 2011 - 15:48 GMT

BMT:"Afg‘onistonda zo‘ravonlik va insoniy talofatlar keskin oshgan"

Xorijiy kuchlarning va‘dalariga qaramay, Afg‘onistondagi zo‘ravonliklarda jabr ko‘rayotgan tinch fuqarolar soni kamaymagan.

BMT hisoboti Kobuldagi hukumatni ham, NATO boshchiligidagi ittifoq kuchlarini ham o‘ng‘aysiz ahvolga solishi mumkin.

Bir yil avvalgi raqamlar bilan so‘nggi uch oyni muqoyasa etgan tadqiqot nafaqat jang qilayotgan harbiylar safida, balki tinch fuqarolar orasida ham qurbonlar soni oshganini urg‘ulaydi.

Talofotlarning qariyb 80 foizi Tolibon hujumlari tufayli ro‘y bergani aytiladi. Lekin hujumlar ko‘paysa-da, tinch fuqarolar orasidagi o‘lim hollari sezilarli oshmagani ham urg‘ulangan.

NATOning aytishicha, o‘rtacha mavqedagi Tolibon qo‘mondonlarining nishonga olinayotgani ish bermoqda. Biroq zo‘ravonlik hodisalari qariyb 40 foizga ortgan.

BMTga ko‘ra, isyonkorlar hujumlari anchayin murakkablik kasb etmoqda. Ular yuqori martabali mulozimlar, xorijiy diplomatik idoralar va rasmiy inshootlarni nishonga ola boshlashgan.

Shuningdek, NATO kuchlari ko‘proq e‘tibor qaratgan Helmand kabi janubiy viloyatlarda so‘nggi vaqtlari isyonkorlik hujumlari kamaygani, biroq buning evaziga ilgari tinch bo‘lib kelgan boshqa hududlarda isyonkorlar faoliyati kuchayib, zo‘ravonlik ortgani ta‘kidlanadi.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.