"Ozodlik" radiosi muxbiri ustidan jinoiy ish uning ovozini o‘chirish maqsadida ochilgan"

Фото муаллифлик ҳуқуқи azathabar.com

Hibsga olingan "Ozod Ovro‘po/"Ozodlik" radiosining muxbiri Dovletmurat Yozguliyev qarindoshlari ishonishlaricha, jinoiy ish Turkmaniston rasmiylari tomonidan jurnalistning professional faoliyatidan qaytarish maqsadida qo‘zg‘atilgan.

"Ozodlik" radiosi Turkman xizmatining 43 yoshli muxbiri Dovletmurat Yozguliyev 27 sentyabr kuni o‘zi istiqomat qiladigan Axal viloyatida hibsga olingan.

Unga rasman qarindoshlaridan birini o‘z-o‘zini o‘ldirishgacha olib borish, degan ayblov qo‘yilgan.

Lekin uning yaqinlariga ko‘ra, o‘zlarida "ushbu ish siyosiy sabablarga asoslanganini tasdiqlovchi muhim hujjatlar bor".

"Ozodlik" radiosi jurnalisti Yovshan Annagurbanning aytishicha, o‘zining hibsga olinishidan oldin Dovletmurat Yozguliyev Pragadagi hamkasblariga elektron maktub yo‘llagan, bu maktubda Turkman rasmiylari tomonidan o‘ziga bosimlar bo‘layotgani haqida ma‘lum qilgan.

Hamkasblariga ko‘ra, Dovletmurat Yozguliyev shu yil yozida Turkmaniston poytaxti Obodon shaharchasida ro‘y bergan qurol-yarog‘ omboridagi portlash haqida birinchi bo‘lib axborot tarqatgan muxbirlardan bo‘lgan, shundan keyin Turkman maxsus xizmatlarining unga nisbatan bosimlari kuchaygan.

"Ozodlik" muxbiri politsiyaga chaqirilgan va portlashlarni yoritish harakatlarining "oqibati yomon bo‘lishi mumkinligidan" ogohlantirilgan.

"Ozod Ovro‘po/"Ozodlik" Prezidenti Stiv Kornga ko‘ra, Turkman rasmiylari Dovletmurat Yozguliyevning shu yil yozda Obodon portlashlarini yoritganidan norozi ekanliklarini yashirmaganlar va "ushbu ayblovlar yolg‘on, ulardan ko‘zlangan maqsad jurnalist ovozini o‘chirishdir.

"Ozod Ovro‘po/"Ozodlik" radiosining poytaxt Ashgabatga yaqin "Yoshlik" shaharchasida hibsda saqlanayotgani, uning ustidan mahkamaning 4 oktyabrda boshlanishi e‘lon qilingan.

Muxbirlarga ko‘ra, Dovletmurat Yozguliyev ustidan mahkama bo‘lib o‘tmagan.

Dovletmurat Yozguliyev "Ozod Ovro‘po"/"Ozodlik" radiosi muxbiri sifatida 2007 yildan buyon faoliyat yuritgan.