Tojik ayollari orasida mehnat muhojirlari soni ortib bormoqda

Image caption Tojikistonlik ayollar orasida mehnat muhojirlari soni so‘nggi yillarda keskin ortgan

Norasmiy manbalarga ko‘ra, Rossiya va Qozog‘istondagi bir milyondan ortiqroq tojikistonlik muhojirlarning 15 foizini ayollar tashkil etadi.

Tojikistondagi nohukumat tashkilotlariga ko‘ra, ishsizlik, yo‘qsillik va jiddiy ijtimoiy muammolar tojik ayollarini ish izlab xorijiy davlatlarga yo‘l olishlariga sabab bo‘lgan.

Tojikiston prezidenti qoshidagi Migratsiya Qo‘mitasiga ma‘lumotiga ko‘ra, tojik ayollarning ommaviy muhojirati 2000-yillarda boshlangan.

Qo‘mitaga ko‘ra, hozirda 50 mingga yaqin tojikistonlik ayol Rossiya va Qozog‘istonda mehnat qilmoqda.

Ammo nodavlat tashkilotlar tojik muhojir ayollari sonini rasmiy raqamlardan bir necha bor ko‘p deb hisoblashadi.

Tojikistonlik muhojir ayollar borasida tadqiqot olib borgan "Panorama" nohukumat tashkiloti ma‘lumotiga ko‘ra, xorijdagi bir milliondan ortiq tojikistonlik muhojirlarning 17-18 foizini ayollar tashkil etadi.

"Panorama" hisob-kitobiga ko‘ra, hozir Rossiya va Qozog‘istonning o‘zida ikki yuz mingga yaqin tojikistonlik ayol muhojir sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Tojikiston janubidagi Xatlon viloyatida faol bo‘lgan "Muhojirat" nohukumat tashkilotining raisasi Gulbahor Murodovaning aytishicha, Tojikistondagi ishsizlik va yo‘qsillik ayollarni ish izlab xorijga yo‘l olishlariga majburlagan.

Tojikiston Islom Uyg‘onish Partiyasi ayollar bo‘limining rahbari Zurafo Rahmoniyning aytishicha, ba‘ze vaqtlarda erkaklar Rossiyaga borib, bir necha yil davomida oila a‘zolariga pul yubormaydilar yoda Rossiyada uylanib, o‘sha yerda qolib ketadilar.

"Nochor qolgan ayollar non topish uchun Rossiyaga boradilar," - deydi u.

Xonum Rahmoniyning ta‘kidlashicha, mazkur firqaning muhojirlar bilan hamkorlik loihasi chorcho‘basida firqaning Sug‘d viloyatidagi bo‘limi mas‘ul xodimi Hafizaxon Sodiqova yoz paytida Rossiyaga borib, muhojir ayollar, jumladan besh yuzga yaqin Islom Uyg‘onish Partiyasi a‘zolarining ish va turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishgan.

Zurafo Rahmoniyning ishonishicha, tojik ayollarining ommaviy muhojirati millatni inqiroziga olib kelishi mumkin.

"Bizning nazarimda, bugun tojik ayollari orasida muhojirlarning ko‘payishi millat kelajagiga katta xavf tug‘dirishi mumkin. Zero, ayollar uy bekasi, naslni davom ettiruvchilardir. Ularning mamlakatni tark etishlari demografik va farzand tarbiyasida jiddiy muammolarga olib kelishi ehtimoli bor," - deydi Zurafo Rahmoniy.

Image caption Ayollar orasida mehnat muhojirlari sonining ortishiga iqtisodiy qiyinchiliklar majburlagan

Nohukumat tashkilotlar ma‘lumotiga binoan, muhojirlar sonining ayollar jumlasidan ko‘payishi ortidan muhojir ayollarni Rossiyada vafot etishi yoda o‘ldirilishi hollari ham kupaygan.

Tojik ayollari orasida nomatlub amallar, jumladan giyovand moddalarni Rossiyaga yetkazish yoda fohishalik bilan shug‘ullanayotganlari ham yo‘q emas.

Rasmiy ma‘lumotga ko‘ra, birgina Rossiyaning qamoqxonalarida o‘nlab tojikistonlik ayollar jazo muddatlarini o‘tashmoqda.

O‘zini Gulmira deb tanishtirgan dushanbelik ayol o‘tgan yil uning turmush o‘rtog‘i Rossiyada rus taqirboshlari tomondan o‘ldirilib, yoqib yuborilganini aytdi.

Gulmiraning aytishicha, haligacha erini o‘ldirgan shaxslar qӯlga olinmagan.

Tojikistondagi "Perstiktiva Plyus" nohukumat tashkiloti raisi Oynihol Bobonazarovaning aytishicha, Rossiyada vafot etgan yoda o‘ldirilgan tojikistonlik ayollar soni borasida aniq ma‘lumot yo‘q.

Ammo mazkur hodisalarning tobora ortib borayotgani Tojikiston jamoatchigini tashvishga solgan, deydi Oynihol Bobonazarova.

"O‘tgan yil faqat uchoqlar orqali rossiyadan 58 muhojir ayolning jasadi Tojikistonga keltirildi," - deydi u. - "Albatta, bu rasmiy manbalar bergan ma‘lumot."

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди