Сўнгги янгиланиш 30 октябр 2011 - 11:07 GMT

Qirg'izistonliklar prezidentlik saylovida ovoz bermoqdalar

Parlament boshqaruviga o‘tgan Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tmoqda.

Aholisining soni 5 million 300 mingni tashkil etadigan Qirg‘izistonda prezidentlikka 16 siyosatchi o‘z nomzodini qo‘ygan.

Nomzodlar orasida eng ko‘p ovoz to‘plashi mumkin deya Almazbek Atamboyev ko‘rilmoqda, u prezident Qurmanbek Bakiyev davrida va hozirgi paytda Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimini egallagan.

Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovi jarayonida mamlakatning shimoli va janubini taqdim etgan nomzodlar kurashi kuzatildi, Almazbek Atamboyev shimollik bo‘lsa, unga raqib bo‘lgan yana ikki nomzod Adaxan Madumarov va Qamchibek Tashiyev Qirg‘iziston janubidanlar.

Joriy prezident Roza O‘tinboyeva o‘tgan yili iyun oyida o‘tkazilgan referendum natijasida Qirg‘iziston muvaqqat davri prezidenti etib saylangan, uning vakolati muddati 2011 yilning 31 dekabrigacha belgilangan.

Roza O‘tinboyeva bundan keyin prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yish niyatida emasligini bildirgan.

Qirg‘iziston konstitutsiyasiga binoan, bir shaxs faqat bir marta olti yillik muddatga saylanish huquqiga ega.

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.