Qodirjon Botirov: "Menga nisbatan chiqarilgan hukm siyosiydir"

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

O‘tgan yil bahori va yozida Qirg‘iziston janubida yuz bergan etnik nizolarda aybdor deb topilgan o‘zbek jamoasi rahbarlaridan Qodirjon Botirov o‘ziga nisbatan chiqarilgan hukmni "siyosiy" deya baholadi.

O‘tgan hafta Jalolobod viloyatida Qodirjon Botirov doxil bir necha o‘zbek liderlari ustidan bir necha oy davom etgan mahkama jarayoni nihoya topgandi.

Viloyat mahkamasi O‘zbek milliy-madaniy markazi rahbari Qodirjon Botirov va Qirg‘iziston parlamentining sobiq a‘zosi Inomjon Abdurasulovni milliy nizolarni "uyushtirish"da aybdor deb topib, sirtdan bir umrlik qamoq jazosiga hukm etgandi.

Mahkama, shuningdek, ularga tegishli mol-mulkni musodara etish qarorini chiqargan.

Shu kunlarda esa Qodirjon Botirov Shvetsiyadan siyosiy boshpana olgan.

Jalolobod mahkamasi qirg‘izlar bilan o‘zbeklar o‘rtasidagi milliy nizoni Qirg‘izistondagi o‘zbek diasporasi rahbarlari uyushtirganlar, degan xulosaga kelgan.

Qodirjon Botirov zo‘ravonliklar rahbari sifatida mahkamada alohida tilga olingan.

BBC Qodirjon Botirov bilan suhbatlashdi.