Yevro muammolarga yuz tutayotgan bir paytda Ovrosiyo yagona pul birligi ishlaydimi?

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters
Image caption Ovrosiyo yagona pul birligini kiritish taklifi ne qadar real degan savolga hozircha aniq bir javob yo‘q...

Ovro‘po Ittifoqiga a‘zo davlatlar moliyaviy muammolarga yuz tutib, yevro kelajagi borasida savollar paydo bo‘layotgan ekan, Rossiya, Belarus va Qozog‘istonning Ovrosiyo Ittifoqini tuzish rejasi haqida tobora ko‘p gapirilmoqda.

Ittifoqning iqtisodiy komissiyasi rahbari, Rossiya savdo va sanoat vaziri Viktor Xristenko kelgusi uch yil ichida Ittifoq doirasida hatto yagona pul birligi ham tabdiq qilinishi mumkinligini bildirgan.

Xo‘sh bu Ittifoq g‘oyasi naqadar real va uning O‘zbekistonga ta‘siri qanday bo‘ladi?

BBC bu haqda o‘zbekistonlik tadbirkor va iqtisodiy tahlilchi Anvar Husainov bilan suhbatlashdi.

Anvar Husainovning aytishicha, Ovrosiyo Ittifoqining tashkil etilishi g‘oyasi bilan chiqqan rahbarlar MDHning boshqa a‘zolarini ham Ittifoqqa jalb etish yo‘lida ko‘proq harakat olib borsalar maqsadga muvofiqroq bo‘lardi.

Chunki, Ukraina va O‘Zbekiston kabi yirik potentsialga ega bo‘lgan davlatlarning bu Ittifoqqa kirmaganligi uning zaifligi belgisidir, deydi sharhlovchi.

Anvar Husainovga ko‘ra, O‘zbekiston bu kabi Ittifoqlarga kirishni o‘zining siyosiy va iqtisodiy erkinligini cheklab qo‘yishi mumkin, deya ko‘radi.

Boshqa tomondan Ittifoq tashabbuskorlari O‘zbekiston rahbariyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taklif yoda murojaatlar bilan chiqishmagan.

Lekin sharhlovchiga ko‘ra, agarda O‘zbekiston kabi davlatlar hisobiga Ittifoqni kengaytirish masalasi ko‘rib chiqilsa, bu ijobiy holat bo‘lardi.

Masalan, demografik jarayonlar sur‘ati anchayin tez bo‘lgan O‘zbekiston kabi davlat uchun ish bilan ta‘minlash va boshqa davlatlar hududlarida biznes yuritish imkonlari sohasida bu kabi Ittifoqlar tarkibida bo‘lish yordam berishi mumkin.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди