Сўнгги янгиланиш 1 декабр 2011 - 15:02 GMT

Qozog‘istonning Olma otasida mamlakatdagi birinchi metropoliten ishga tushdi

Qozog‘istondan kelayotgan so‘nggi xabarlarga ko‘ra, janubiy Olma ota shahrida mamlakatdagi birinchi metro yo‘nalishi foydalanishga topshirildi.

Bundan avval metropoliten Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqat O‘zbekistonda faoliyatda edi.

8.5 kilometrga uzangan metro tarmog‘i yettita stantsiyani o‘z ichiga oladi.

Olma ota metrosining tantanali ochilish marosimida Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning shaxsan o‘zi ishtirok etgan.

Shahar mas‘ullariga ko‘ra, yangi transport turi tevarak-muhitning tozaligi va yo‘llardagi harakatni ancha yaxshilaydi.

Olma ota shahridagi metropolitenni qurish ishlari hali Sho‘rolar davrida boshlangandi.

Ammo moliyaviy yetishmovchiliklar va jug‘rofiy sharoitning murakkabligi sabab, qurilish ishlari o‘ta sust kechgandi.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.