Mulla Umarning o‘g‘li Tolibon rahbariyatiga kirdi

Image caption Янги тайинлов Толибон сафларидаги бўлинишга барҳам бериши кутилмоқда

Tolibonning sobiq rahbari Mulla Muhammad Umarning to‘ng‘ich o‘g‘li Mulla Muhammad Yoqub harakatning harbiy komissiyasiga rahbar etib tayinlangan.

Bu haqda Tolibonning matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Mulla Yoqub Afg‘onistonning 15 viloyatidagi harbiy amaliyotlarga qo‘mondonlik qiladi.

U shuningdek, Tolibonning boshqaruv kengashi yoki oliy sho‘rosiga tayinlangan.

Ushbu sho‘roda uning amakisi, Mulla Umarning akasi Mulla Abdulmannon ham bor.

O‘tgan yil yozida Tolibon rahbari Mulla Umarning vafot etgani e‘lon qilingandi.

Afg‘oniston rasmiylari toliblar rahbarining 2013 yilda hayotdan ko‘z yumganini aytgan.

Mulla Umarning merosxo‘ri etib uning o‘rinbosari Mulla Axtar Mansur tayinlangan.

BMT ma‘lumotlariga ko‘ra, Mulla Axtar Mansur uzoq yillar davomida noqonuniy giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanib keladi.

Uning rahbar etib tayinlanishi Tolibon saflarida bo‘linishlarga sabab bo‘lgan.

Mansur bilan yana bir qo‘mondon - Mulla Rasul tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlanib ketgan.

O‘tgan yil oxirida Mansurning Pokistondagi Tolibon qo‘mondonlarining uchrashuvi chog‘ida yuz bergan otishmalarda og‘ir yaralangani xabar qilingandi.

Tahlilchilarga ko‘ra, Mulla Yoqubning tayinlanishi Tolibon ichidagi ziddiyatlarga barham berishi kerak.

Reyter agentligining ma‘lumotlariga ko‘ra, Mulla Yoqub uzoq muzokaralardan so‘ng Mulla Axtar Mansurni dastaklashga rozi bo‘lgan.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa,uzbekweb.netga kiring.