"Jabhat an-Nusra"ning videooperatoriga 14 yillik qamoq

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters

Tojikiston mahkamasi Suriyadagi "Jabhat an-Nusra" jangari guruhi safida bo'lib qaytgan Abdullo Yusupovni 14 yilga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqargan.

Mahkama hujjatlarida yozilishicha, 22 yashar Abdullo Yusupov "Jabhat an-Nusra"ning videooperatori bo'lgan.

Dushanbe shahridagi Ismoil Somoniy tuman mahkamasi Abdullo Yusupovni Suriyadagi urushga odam yollashda aybdor deb topgan.

Mahkama hujjatlariga ko'ra, Abdullo Yusupov Dushanbe shahridagi Tojikiston Milliy universiteti xalqaro munosabatlar fakultetining talabasi bo'lgan.

Uylangan, farzandi ham bor.

Ayblov xulosasiga ko'ra, 2015 yil mart oyida Abdullo Yusupov Internetdagi "Odnoklassniki" tarmog'i orqali bir shaxs bilan tanishib qoladi.

U odam Yusupovni Suriyaga kelib urushda qatnashishga da'vat qiladi.

Abdulla Yusupovning 2015 yil iyunida Tojikistondan Turkiyaga etib borgani, Turkiyadan esa Suriyaning Halab shahriga o'tgani xabar qilingan.

Halabda u "Jabhat an-Nusra" jangari guruhi safiga qo'shiladi.

"Jabhat an-Nusra"ning harbiy tayyorgarlik jamlog'ida operator bo'lib ishlagani, harbiy o'quv mashqlarida qatnashgani, xususan, turli o'qotar qurollardan foydalanishni o'rgatgani aytiladi mahkama hujjatlarida.

Abdullo Yusupovning "WhatsApp" orqali singlisi bilan bog'langani, agar o'zi haqida xavfsizlik xizmatlari so'raydigan bo'lsa, qaynotasining uyida ekanini aytishni buyurgani qayd qilingan mahkamada.

Rossiya Suriyadagi jangarilar mavqelarini havo hujumlariga tutishni boshlaganidan keyin Yusupovning Suriyadan qochgani, dastlab Suriyadan Turkiyaga etib olgani, Turkiyadan esa Tojikistonga parvoz qilgani aytilgan.

2016 yil fevralida Abdullo Yusupov Dushanbe aeroportida qo'lga olingan.

U mahkamada o'zini qisman aybdor deb tan olishini aytgan.

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз:+44 78-58-86-00-02
  • ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comга тўсиқ бўлса, uzbekweb.netга киринг

Бу мавзуда батафсилроқ