Prezident Karimov Nazarboyevga tabrik yoʻlladi

Фото муаллифлик ҳуқуқи AFP
Image caption Қозоғистон БМТнинг Хавфсизлик Кенгашига сайланган илк Марказий Осиё давлати бўлган

Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov Qozogʻistonning 2017-2018 yillarda BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy boʻlmagan aʼzoligiga saylanishi munosabati bilan Qozogʻiston rahbari Nursulton Nazarboyev nomiga tabrik yoʻllagan.

Qozogʻiston rahbarining rasmiy saytida chop etilgan xabarda aytilishicha, dunyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun masʼul bu kabi nufuzli organdagi aʼzolik xalqaro maydonda Qozogʻiston nufuzininng eʼtirof etilganidan dalolat beradi.

Oʻzbekiston rahbari shuningdek, Prezident Nazarboyevga mustahkam sogʻlik va muvaffaqiyat tilagan.

Qozogʻiston BMTning global tinchlik va xavfsizlikni taʼminlovchi tizimiga saylangan ilk Markaziy Osiyo davlati boʻlgan.

Qozogʻiston 2017 yil 1 yanvaridan boshlab ikki yillik muhlatga Birlashgan Millatlar tashkiloti Xavfsizlik Kengashining aʼzosi etib saylangan.

Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan aʼzoligi uchun boʻlib oʻtgan ovoz berishda Qozogʻiston Tailand ustidan gʻalaba qozongan.

Qozogʻiston uchun 138 BMT aʼzosi hisoblangan mamlakat ovoz bergan, Tailandni esa 55 davlat dastaklagan.

Biror mamlakat Kengashning aʼzosi etib saylanishi uchun BMT Bosh Assambleyasi aʼzolarining uchdan ikki ovozini qoʻlga kiritishi talab etiladi.

Biror mamlakat Kengashning aʼzosi etib saylanishi uchun BMT Bosh Assambleyasi aʼzolarining uchdan ikki ovozini qoʻlga kiritishi talab etiladi.

Xavfsizlik Kengashining Qozogʻistondan tashqari muvaqqat aʼzosi etib Shvetsiya, Efiopiya, Boliviya va Niderlandiya saylangan.

BMT Xavfsizlik Kengashining 5 doimiy aʼzosi bor.

AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya, Frantsiya va Xitoy Xavfsizlik Kengashi qaroriga veto kiritish huquqiga ega mamlakatlar hisoblanadi.

Xavfsizlik Kengashining nodoimiy 10 aʼzosi ikki yil muddatga saylanadi va har yili 5 tasining joyi almashib turadi.

2017 yilning 1 yanvaridan BMT Xavfsizlik Kengashini Angola, Venesuela, Ispaniya, Malayziya va Yangi Zelandiya tark etadi.

  • Bi-bi-si Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring.