"Shomoniylikdan so‘fiylikkacha" kitobi muallifi Roziya Sultonova savollaringizga javob beradi

Image caption "...bu kitob o‘n besh yillik mehnatim samarasi,"deydi professor Roziya Sultonova

Roziya Sultonova - Kembridj Universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo Forumi tadqiqotchisi va Markaziy Osiyo musiqasi markazi direktori.

G‘arbda Sharq musiqa tarixiga doir qator ilmiy – ma‘rifiy chiqishlari bilan mashhur Roziya Sultonova Toshkent Davlat Konservatoriyasi, so‘ngra Moskva Konservatoriyasi aspiranturasida tahsil olgan.

Hozir Roziya Sultonova Moskva Davlat Konservatoriyasining ham mehmon Professori hisoblanadi.

Shuningdek, u Britaniyadagi Goldsmis Kolleji va Afrika va Sharq tadqiqotlari dorilfuninida tadqiqotchi sifatida ham faoliyat olib borgan.

Roziya Sultonovaning faoliyati nafaqat Rossiya va Markaziy Osiyo balki Yaqin Sharq madaniyati va musiqasini ham qamrab oladi.

Roziya Sultonova Markaziy Osiyo musiqasiga oid qator maqolalar muallifi va tadbirlar tashkilotchisi.

Image caption Olimaning bu kitobi G‘arb madaniyat doiralarida yuqori baholanmoqda

Uning “Muqaddas bilim: Maktablar va kashfiyotlar, turkiyzabon dunyoda og‘zaki xalq ijodida ustozlik” deb nomlangan kitobi 2009 yil bosilib chiqqan.

Roziya Sultonovaning ingliz tilida “Shomoniylikdan So‘fiylikkacha” deb nomlangan kitobi shu kunlar Britaniyada nashr etilgan.

Qator olimlar tomonidan iliq qarshilanayotgan bu kitob o‘zining 15 yillik mehnat mahsuli ekanini aytarkan, muallif Markaziy Osiyoda urf-odatlar, Islomiy madaniyat va an‘analarning saqlanib qolishida ayollarning roliga nazar tashlaydi.

U Markaziy Osiyoda din ta‘qiqlangan Sho‘rolar davrida ayollar musiqa, raqslar va nazm orqali diniy madaniyatni qanchalar tirik ushlab turishga muvaffaq bo‘lganlari haqida hikoya qiladi.

Roziya Sultonovaga savollaringizni bbcuzbek.com yo‘llang. Elektron pochtamiz adresi: uzbek@bbc.co.uk

Bi-bi-sining navbatdagi mehmoni kim bo‘lishini istar edingiz? Fikru mulohazalaringizni kutib qolamiz.