Санкт-Петербург: ‘Мигрантлар ёмон қўрқувда...’
Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Audio: Sankt-Peterburg: "Migrantlar yomon qoʻrquvda..."

Shaharda boʻlgan faol suhbatdoshimizning aytishicha, oʻndan ortiq insonning umriga zomin boʻlgan dushanba kungi portlash ortidan, Sankt-Peterburgdagi aksariyat markaziy osiyolik mehnat muhojirlari qoʻrqqanlaridan, hatto, koʻchaga chiqolmay oʻtirishibdi.

"Ular shunchalik yomon qoʻrquvdaki, bemalol koʻchaga chiqib, ishini qilish, doʻkonga borib, zarur narsasini olishdan ham qoʻrqib oʻtirishibdi. Hozir koʻchada politsiya shunchalik koʻpayganki...", - deydi faol Sevara Mannonova.

"Portlashni kim qilganini hali bilishmagan boʻlsa-da, ular oʻzlaridan xavfsirashadi. Ey, Xudo, shuni qilganlar bizning musulmonlar emasmikan, deb, oʻzlaridan xavotirda koʻchaga ham chiqisholmaydi, ishga ham borisholmaydi. Faqat qonunan ishlaydiganlarigina majburning kunidan borishayapti".

Rossiyadagi markaziy osiyolik mehnat muhojirlarining soni joriy paytda 4.5 dan 6 milliontagacha ekani taxmin etiladi.

Agar, mahalliy faollarning hisob-kitoblariga tayanilsa, ham oʻzbekistonlik va jaʼmi markaziy osiyolik migrantlarning soni boʻyicha Sankt-Peterburg poytaxt Moskvadan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.

Sankt-Peterburgdagi soʻnggi vaziyat va u yerda boʻlgan Markaziy osiyoliklarning kayfiyatlarini bilish uchun faol Sevara Mannonova bilan suhbatimizni nazardan qochirmang.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring