BBC mehmoni - taniqli shoir va muxolifat faoli Maqsud Bekjonga savol bering

Maqsud Bekjon o‘zining she‘rlari va publitsistik maqolalari bilan tanilgan.

U 1980-yillardagi qayta qurish to‘lqinlari imkoniyat yaratgan so‘z erkinligi davrida o‘zbek xalqi ma‘naviyati inqirozi mavzusida hujjatli filmlar tasvirga olgan ijodkordir ham.

Xususan, bugungi O‘zbekiston qishloqlaridagi maktablar ahvolidan ko‘p ham farq qilmagan vaziyat haqida "Dardni yashirsang..." va "Chiriyotgan xotiralar" hujjatli filmlari 1980-yillar oxirida suratga tushirilgan.

"Chiriyotgan xotiralar" Sho‘ro zug‘umi tufayli yerga ko‘milgan muqaddas kitoblarga bag‘ishlangan.

Maqsud Bekjon SSSR Yozuvchilar uyushmasining a‘zosi bo‘lgan.

Maqsud Bekjon o‘zbek muxolifatining rahbarlaridan biri Muhammad Solih oilasidagi eng kenja farzand hamda Muhammad Solihning siyosiy faoliyati sababli u ham O‘zbekiston hukumatining ta‘qibiga uchragan.

Maqsud Bekjon 1994 yilda hibsga olingan va o‘sha yili O‘zbekistonni tark etishga majbur bo‘lgan.

Bugungi kunda muhojirotda istiqomat qiladi.

2003 yilda Turk adabiyotining to‘la antologiyasi o‘zbek tilida nashr etilgan, Maqsud Bekjon ushbu nashr tarjimonlaridan biri.

BBC mehmoni Maqsud Bekjonga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

SMS raqamimiz:

+447786201124

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.