BBC mehmoni taniqli qo‘shiqchi Abdulaziz Karimga savol yo‘llang

Фото муаллифлик ҳуқуқи none

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulaziz Karim 1973 yilning 23 noyabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan.

U san‘at sohasiga yoshligidan kirib kelganini aytadi.

"San‘atga yoshlik davrimdan kirib kelganman, desam bo‘ladi, chunki bog‘chaga borgan davrimda har xil musiqalar yozib yurar edim. Shuning uchun, otam V.A.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabiga o‘qishga berganlar", deydi u.

Abdulaziz Karim musiqa maktabini 1991 yilda tamomlaganidan so‘ng, 1991-1996 yillarda Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitsiya fakultetida tahsil olgan. U 1 qismlik opera, 2ta simfoniya va xor jamoasi uchun 70 ortiq asarlar yozganini aytadi.

"G‘arbiy Ovro‘po musiqasiga ehtiyoj kam bo‘lganligi sabab, 1998 yildan estrada janrida ijod qila boshladim", deydi qo‘shiqchi.

Фото муаллифлик ҳуқуқи none
Image caption Abdulaziz Karim Salim Abduvaliyevga aytgan qo‘shig‘i bois reklama faoliyatga taqiq qo‘yilganini aytadi

Keyinroq Abdulaziz Karim "Qurbon bo‘laman", "Uzun armonlar", "Yagonam o‘zing", "Yonarim" kabi qator qo‘shiqlari bilan taniladi.

"Ustozim, kompozitor To‘lqin Umarovich Qurbonov bergan o‘gitlari zoye ketmaganidan xursand bo‘lgandim o‘sha kezlarda", deydi u.

Abdulaziz Karim hozirgacha 7ta musiqa albomi, 300ga yaqin qo‘shiqlar muallifi.

"Davlat tadbirlarida, xususan, Navro‘z, Mustaqillik bayramlarida faol ishtirok etganman. 2000 yil avgust oyida yosh iste‘dodlar uchun prezidentimiz tomonidan ta‘sis etilgan Nihol mukofoti sovrindori bo‘lganman".

2003 yilda Abdulaziz Karimga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni berilgan. Ammo, hozir u O‘zbekistonda emas, Qozog‘istonda ijod qilmoqda. U o‘zining mamlakatdan chiqib ketishini "oilaviy" sabablar bilan birga O‘zbekistondagi "reklama faoliyati"ga ta‘qiq qo‘yilgani bilan izohlaydi:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Taniqli qo‘shiqchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulaziz Karimga savollaringizni pastdagi maxsus forma orqali bbcuzbek.com ga yo‘llashingiz mumkin.

BBCning keyingi mehmonlari kim bo‘lishini istaysiz. Fikru-mulohazalaringizni kutib qolamiz.