Nitstsadagi hujumda kamida 84 kishi qurbon boʻldi

Image copyright VALERY HACHE
Image caption Nitstsa

Frantsiya Milliy kuni (Bastiliya olinishi) tantanalariga yigʻilgan olomon ustiga yuk mashinasining haydalishi oqibatida qurbonlar soni 84 kishiga yetgan.

Mamlakat janubidagi Nitstsa shahrida bayram munosabati bilan mushakbozlik yakunlanganidan keyin haydovchi oʻz yuk mashinasini odamlar ustidan qariyb ikki chaqirimcha haydagan.

Keyinroq u politsiya tomonidan otib oʻldirilgan.

Prezident Fransua Olland bu hodisani "rad etib boʻlmaydigan terror tabiatiga ega" deb taʼriflagan.

Parijdagi hujumlardan keyin mamlakat boʻylab joriy etilgan favqulodda holat yana uch oyga choʻzilgan.

Ollandga koʻra, "butun Frantsiya Islomiy terrorchilik xavfi ostida" qolgan.

Uning aytishicha, qurbonlar orasida bir necha bolalar ham bor.

Twitterda tarqalgan suratlardan birida oʻndan ortiq inson koʻchada yotganini koʻrish mumkin.

Ayni hujumga hali hech kim masʼuliyat daʼvosi bilan chiqqani yoʻq.

Mahalliy jurnalistlarning fojea roʻy bergan joy "qonga belangan" deb tasvirlar ekan, yaralangan soni koʻp ekanini aytgan.

Prezident Obama Nitstsa hujumini "keskin qoralagan" va "dahshatli terror hujumi" deb taʼrif bergan.

Britaniya Tashqi ishlar vaziri ham Nitstsadagi voqeadan dahshatga tushganini aytgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - uzbekbbclondon

•bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring