Qashqadaryoni Buxoro bilan bog'laydigan ko'prik qulagan

Аму Бухоро каналидаги кўприк Image copyright Водители Ташкента

Internet ijtimoiy tarmoqlarida paydo bo'lgan xabarlarga ko'ra, O'zbekistonning Qashqadaryo viloyatini Buxoro viloyati bilan bog'laydigan "Amu-Buxoro kanali" ustida qurilgan ko'prikning bir qismi buzilib tushgan.

Internetda tarqalgan fotosuratda suv ichida yotgan og'ir yuk tashish avtomobilini ko'rish mumkin.

O'zbekiston yo'llarining ahvoli va nazorati uchun mas'ul "O'zavtoyo'l" kompaniyasi rasmiylari hodisani tasdiqlaganlar.

Talofatlar borasida rasmiylar ma'lumot berganlari yo'q.

"O'zavtoyo'l" shirkatidan bildirishlaricha, "Amu-Buxoro" kanali ustiga ushbu ko'prik 1961 yili qurilgan bo'lgan.

Besh qismdan iborat ko'prikning magistral yo'lga ulangan beshinchi qismi, ko'prik chetidagi to'siqlari qulagan.

Ko'prik buzilishiga nima sabab bo'lgani hozircha aniq emas.

Bu yo'l Buxoroning Qorovulbozorini viloyat markazi bilan ulaydi.

Ko'prik davlatlatlararo "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beynu" A380 trassasining 185-kilometrida joylashgan.

Rasmiylar ko'prikdan engil avtomobillar o'tishda davom etayotganini, yuk avtomobillari 25 kilometrlik aylanma yo'ldan o'tishlariga to'g'ri kelayotganini aytganlar.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

• •TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• •Instagram - BBC UZBEK

• •Twitter - BBC UZBEK

• •Odnoklassniki - BBC UZBEK

• •Facebook - BBC UZBEK

• •Google+BBC UZBEK

• •YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• •Skype - uzbekbbclondon

• •bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.