Armaniston: politsiya idorasida odamlar garovga olingan

Yerevandagi garovgirlik hodisasi Image copyright Reuters

Qurollangan guruh Armaniston poytaxti Yerevandagi politsiya idorasiga bostirib kirganlar va insonlarni garovga olganlar.

Ular siyosiy tutqun deb bilgan kishini ozod etish talabini ilgari surganlar.

Yerevan shahrining Erebuni tumanidagi politsiya patrul-qoʻriqlash xizmati polkiga sodir etilgan hujumda bir politsiya xodimi halok boʻlgan.

Ikki politsiyachi yaralangani haqidagi xabarlar tarqalgan.

Qurolli guruh Internet ijtimoiy tarmoqlarida oʻz talablari ilgari surilgan videoni tarqatganlar.

Ular Jirayr Sefilyan va siyosiy tutqun deb bilgan boshqa odamlarni qamoqdan ozod etishni talab qilganlar.

Ayni paytda Internet ijtimoiy tarmoqlarida Armanistonda isyon boshlangani va davlat idoralari bosib olingani haqida xabarlar tarqalgan.

Armaniston Milliy Xavfsizlik xizmati bu xabarlarni yolgʻon deb atagan, politsiya polkidagi garovgirlar bilan muzokaralar boshlangani haqida xabar tarqatgan.

Ayrim xabarlarda garovgirlar yetti politsiyachini garovda ushlab turilgani aytilgan.

Jirayr Sefilyan muxolifat faoli, u muxolifatdagi "Yangi Armaniston" guruhi yetakchilaridan biri hisoblanadi.

U Togʻli Qorabogʻ urushida qatnashgan.

U Armaniston hukumatini Togʻli Qoraboqqa nisbatan yuritayotgan siyosati uchun tanqid qilib kelgan.

Shu yil 22 iyunida Jirayr Sefilyan hibsga olingan, uni noqonuniy qurol saqlashda ayblashgan.

Armaniston rasmiylari Jirayr Sefilyanni davlat idoralari,shu jumladan Yerevandagi teleminorani bosib olishni rejalashtirishda gumon qilgan.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring