Pokistonlik taniqli model oʻldirilgan

Image caption Qandil

Bir necha kun oldin dunyo ommaviy axborot vositalarining qahramoniga aylangan pokistonlik taniqli model va blogger Qandil Baluch oʻz akasi tomonidan oʻldirilgan. Taxmin qilinishicha, u "nomus uchun" qatl qilingan.

Fojea juma kuni kechqurun Panjob viloyatida sodir etilgan.

Politsiyaning aytishicha, Qandil boʻgʻib oʻldirilgan.

26 yoshli Qandil Baluch konservativ Pokiston mezonlari boʻyicha janjalli ochiq-sochiq surat va videolari bilan tanilgan, ularni doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarga joylab borar edi.

Ochiq liboslarda suratga tushishni yoqtiradigan Qandilni amerikalik ijtimoiy tarmoq yulduzi Kim Kardashьyanga qiyoslashgandi jurnalistlar va internet faollari.

Bu mamlakatda aksar xotin-qizlar otalari yo erlari ruxsatisiz hatto koʻchaga ham chiqisholmaydi.

Qandil esa hatto choʻmilish kiyimidagi tasvirlari hamda "qip-yalangʻoch suratimni namoyish etaman" kabi ziddiyatli gaplarini ham internetga qoʻygan edi.

Koʻpchilik uni taqiqlashni talab qilgan.

Lekin Qandilning suratlarini tomosha qiladigan pokistonliklar ham juda koʻp boʻlgan.

Yaqindagina u diniy ulamo bilan mehmonxonada tushgan suratini namoyish etdi. Uning soʻzlariga koʻra, dindor muxlis birga tushlik vaqtida oʻzining qoʻlini soʻragan. Qandilning bu surati keskin bahsu munozaralarga sabab boʻldi oʻshanda.

Natijada imom ishidan chetlashtirilgan, Balou esa tahdidlar ola boshlagan.

Pokistonda "oila shaʼni uchun qotillik" yaqinlarini "sharmanda qilgan"larga nisbatan qoʻllanilishi odatiy hol sanaladi. Koʻp hollarda ularning qurbonlari ayollardir. Aybdorlar esa aksariyat vaziyatlarda yengil jazo olishadi yoki umuman qutulib qoladilar. Kuzatuvchilarga koʻra, bu manzara Pokiston va Afgʻonistonda ayollarning tobora koʻproq nishonga aylanish sabablari hisoblanadi.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring