Qandil Baluchning otasi: "U bizga dastak edi"

Image copyright Getty Images
Image caption Qandil Baluch yakshanba kuni dafn qilindi

Pokistonda oʻldirilgan Qandil Baluchning otasi qizini dastaklab gapirgan.

Pokiston matbuotiga koʻra, otasi: "U hammamizni qoʻllab quvvatlardi, jumladan, uni oʻldirgan ukasini ham", deb aytgan.

Vasim Baluch "oilasini badnom qilayotgani uchun" opasining joniga qasd qilganini tan olgan.

U Qandilga avval dori bergani, keyin bugʻib oʻldirganini aytgan.

Image copyright Getty Images
Image caption Pokiston matbuotida yozilishicha, otasi qizining jasadini ham borib olishga qoʻrqqanini aytgan

Pokistonda taniqli boʻlgan model va blogger 26 yoshli Qandil Baluch yakshanba kuni dafn etilgan. Marosimda minglab insonlar, jumladan, qator huquq faollari ishtirok etishgan. Qandilning oʻldirilishi keng miqyosda qoralangan.

Pokistonda "oila shaʼni uchun qotillik" yaqinlarini "sharmanda qilgan"larga nisbatan qoʻllanilishi odatiy hol sanaladi. Koʻp hollarda ularning qurbonlari ayollardir. Aybdorlar esa, aksariyat vaziyatlarda yengil jazo olishadi yoki umuman qutulib qoladilar. Kuzatuvchilarga koʻra, bu manzara Pokiston va Afgʻonistonda ayollarning tobora koʻproq nishonga aylanish sabablari hisoblanadi.

Qandilning oʻlimi esa, ayni muammoni yana bir bor urgʻulagan va bu boradagi bahsu munozaralarga turtki bergan.

Qandil Baluch

Qandil Pokiston mezonlari boʻyicha janjalli hisoblangan ochiq-sochiq surat va videolari bilan tanilgan, ularni doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarga joylab borgan.

Image copyright Getty Images
Image caption Qandilning onasi qiziga motam tutmoqda

Ochiq liboslarda suratga tushishni yoqtiradigan Qandilni amerikalik ijtimoiy tarmoq yulduzi Kim Kardashyanga qiyoslashgandi jurnalistlar va internet faollari.

Qandil Baluchning Facebookda 700 mingdan ortiq, Twitterda 43 mingdan ortiq "muxlisi" boʻlgan.

Pokistonda aksar xotin-qizlar otalari yo erlarining ruxsatisiz hatto koʻchaga ham chiqisholmaydi.

Qandil esa hatto choʻmilish kiyimidagi tasvirlari hamda "qip-yalangʻoch suratimni namoyish etaman" kabi ziddiyatli gaplarini ham internetga qoʻygan edi.

Koʻpchilik uni taqiqlashni talab qilgan.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring