Turkiyadagi tozalashlar to‘rida 50 ming odam

Turkiyadagi hibslar Image copyright STR
Image caption Turkiyada minglab odamlar hibsga olinmoqda

Turkiyada o'tgan hafta amalga oshmagan davlat to'ntarishi ortidan 50 mingdan oshiq odam yo hibsga olingan, yo ishidan bo'shatilgan yoki ishidan vaqtincha chetlatilganlar.

Prezident Rajab Toyib Erdo'g'onga sodiq bo'lmagan deya ko'rilganlarning safiga seshanba kuni o'qituvchilar, universitet dekanlari va matbuot xodimlari kiritildi.

Hukumatga ko'ra, ular AQShda joylashgan ulamo Fathulla Gulanga aloqadorlar. Gulan janoblarining o'zi davlat to'ntarishiga aloqasi borligini rad etadi.

Bosh vazir Binali Yildirim Fathulla Gulan "terrorchi tashkilot"ni boshqarganini aytgan.

"Biz ularni ildizi bilan qo'poramiz", dedi u parlamentdagi chiqishida.

Prezident Erdo'g'on xunta harakatidan beri ilk marta poytaxt Anqaraga qaytgan va bugun milliy xavfsizlik kengashi majlisiga raislik qilishi kutiladi.

Ayni damda, Turkiya hukumatining tozalash ishlari seshanba kuni ta'lim sohasi va hukumat idoralarini qamrab oldi.

Turkiya matbuotini nazorat etuvchi agentlik janob Gulanga aloqadorlikda ayblangan 24 radio va telekanallarning litsenziyalarini olib qo'ydi.

TURKIYADAGI TOZALASHLAR

15,200 o'qituvchilar va boshqa xodimlar bo'shatilgan

1,577 universitet dekanlari bo'shashga undalgan

8,777 ichki ishlar vazirligi xodimlari bo'shatilgan

1,500 moliya sohasidagi xodimlar bo'shatilgan

257 bosh vazir idorasi xodimlari bo'shatilgan

Turkiya matbuoti

Avvalroq 6 mingdan oshiq harbiy hibsga olingan, 9 mingdan oshiq politsiya zobiti esa ishdan olingandi. Uch mingdan ortiq hakamlar ham vaqtincha ishdan chetlatilganlar.

Minglab rasmiylarning bunday qismati xalqaro kuzatuvchilarni xavotirga solgan, BMT esa Turkiyani inson huquqlari va qonun ustivorligini hurmat qilishga chaqirgan.

Germaniyadagi yuqori darajali rasmiyning aytishicha, Turkiyada keskin bo'linishlar yuzaga kelgan va bu Germaniyadagi ko'p sonli turklar orasida tartibsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring