O‘zbekistonlik boshpana izlovchi Rossiyadan deportatsiya etilgan

Xalqaro Amnesti tashkiloti chiqargan bayonotga ko'ra, 27 yoshli O'zbekiston fuqarosi Olim Ochilov inson huquqlari bo'yicha Ovro'po mahkamasining vaqtinchalik choralariga zid tarzda, vataniga majburan qaytarilgan.

2016 yil 28 iyunda Ovro'po mahkamasi Rossiyada turib boshpana so'ragan o'zbekistonlik Olim Ochilov ishi bo'yicha uning majburan deportatsiyasini to'xtatish uchun 39 vaqtinchalik choralar belgilagan. Bunda Olim Ochilov O'zbekistonga yuborilsa, u erda qiynoqlarga solinishi ehtimoli kattaligi e'tiborga olingan.

Olim Ochilov 2012 yil Rossiyaga mehnat muhojirligiga kelgan. Ikki yil o'tib, Moskva mahkamasi uni ekstremistik guruhga aloqadorlik aybi bilan uch yilga ozodlikdan mahrum etgan.

Olim Ochilov jazoni Arxangelsk viloyati qamoqxonasiga o'tagan.

2015 2 oktyabrda jazo muddati tugash arafasida Rossiya Adliya vazirligi uning mamlakatda qolishi "istalmagan"ini ma'lum qilib, qamoqdan so'ng Rossiyani tark etishi kerakligini bildirgan.

May oyida FMX Ochilovni deportatsiya qilinishi to'g'risida qaror chiqargan. Olim Ochilov qaror ustidan shikoyat qilib Rossiya IIV ga murojaat qilgan, biroq hanuz javob xati olmagan. Olim Ochilov himoyachisi Ovro'po mahkamasiga murojaat qilganidan so'ng, mahkama chiqargan vaqtinchalik choralar Ochilovni deportatsiyasini to'xtatishi kerak edi.

Biroq qonunga xilof ravishda Rossiyadan O'zbekistonga berib yuborilgan.

30 iyunda Ochilov qamoqxonadan to'g'ri Arxangelsk aeroportiga olib borilgan. U erdan O'zbekiston Havo yo'llari orqali Urgenchga uchirilgan.

Rossiya hukumati Ochilov uchoqqa o'zi ixtiyoriy tarzda o'tirganini aytganlar.

Ayni paytda Olim Ochilovning qaerda ekani noma'lum.

O'zbekistonda u "davlatga qarshi faoliyat"da ayblangan va O'zbekiston Islomiy Harakatiga a'zo ekanligi, muhojirlar orasida hukumatga qarshi targ'ibot olib borgani, diniy tashkilotlarga kirishga da'vat qilgani ta'kidlanib, xalqaro qidiruvga berilgan. Bu ayblovlarning o'zi O'zbekistonda unga nisbatan adolatsiz mahkama, qiynoqlar va boshqa shafqatsiz munosabatlar qo'llanilishi xavotirini beradi.

2013 yil 15 iyunda Qarshi shahar mahkamasi Olim Ochilovni hibsga olish bo'yicha hukm ham chiqargan.

2014 yildan beri o'nlab boshpana izlovchi qochqinlar va mehnat muhojirlari turli ayblovlar bilan Rossiyadan majburan tarzda O'zbekistonga qaytarilgan yoki o'g'irlab olib ketilganini misol keltirgan Xalqaro Amnesti o'z bayonotida.

O'zbekiston hukumati mahbuslarga nisbatan qiynoqlar qo'llanilishini inkor etib keladi.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring