Uch o‘zbekistonlik jinsiy zo‘ravonlikda qamalgan

Rossiyaning Stavropol mahkamasi O'zbekistonning uch faqarosini "16 yoshga etmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish" va "o'ldirish tahdidi bilan jinsiy zo'rlash" moddalari bo'yicha aybdor deb topib, uzoq yillik qamoq jazolariga hukm etgan.

Tergov va mahkama jarayonlari davomida sudlanganlardan biri Matkarimov ismli shaxs 14 yoshli qizchaga uylanish va'dasini berib, uning voyaga etmaganligi bila turib, jinsiy munosabatda bo'lgani isbotlangani aytiladi.

Rossiya ommaviy axborot vositalarining mahkamaga ma'lumotlariga tayanib yozishicha, Matkarimovning yana ikki sherigi Pozilov va Abdullaev ham spirtli ichimlik ta'sirida qizchani o'ldirish bilan qo'rqitib, uni jinsiy zo'rlaganlar.

Stavropol tuman mahkamasi har uch sudlanuvchini sodir bo'lgan voqeada aybdor deb topib, Matkarimovni 8,5 yilga, Pozilov va Abdullaevni 8 yilga ozodlikdan mahrum etib, jazoni qattiq tartibli koloniyada o'tashlari to'g'risida hukm chiqargani xabar qilinadi.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring