Turkiya armiyasining shikastlangan obro‘si

Otaturk davridan boshlab Turkiya armiyasi konstitutsiya kafolati mavqe'ini ushlab kelgan.

Global Power indeksiga ko'ra, NATO harbiy kuchlari o'rtasida harbiy imkoniyatlari yuzasidan Turkiya AQChdan keyin ikkinchi o'rindadir.

Jahonda esa jangga shaylik jihatidan turk harbiylari o'ninchi o'rinni egalaydi.

Turkiya 1952 yildan beri NATO a'zosi bo'lib, yaqin sharq mintaqasida harbiy harakatlarda faol qatnashmoqda. Davlat to'ntarishidan so'ng turk armiyasida boshlangan tozalashlar uning jangovar qobiliyatlarini qanchalik so'saytirishi mumkin?

Istanbuldan ilmiy tadqioqtchi (EDAM) Doruk Erg'o'n:

Barbod bo'lgan davlat to'ntarish oqibatida Turkiya qurolli kuchlariga yirik ruhiy shikast etdi .

Ularning mavqe'i va obro'siga katta putur etkazildi.

Chu kunga qadar Turk fuqarolari to'ntarish o'rinishlari o'tmishda qolib ketgan deb o'ylashgan.

So'nggi to'ntarish harakatlari nafaqat mamlakat demokratiyasiga tahdid soldi, balki mintaqada xavfsizlik posboni vazifasini bajarib turgan Turkiya harbiylarining imkoniyatlarini keskin chekladi.

Turkiya armiyasi jamiyatda tutgan mavqe'ini to'ntarishdan so'ng tuzatish oson bo'lmaydi. Buning ustiga oxirgi ikki yil mobaynida turklar orasida qaynab turgan fuqaroviy-harbiy munosabatlarining muammolari undan battar yomonlashishi mumkin.

So'nggi yillarda Erdo'g'onning AK partiyasi boshchiligidagi hukumatga qarshi qurolli kuchlari fitna uyushtirganlariga oid yangragan qator iddaolar natijasida aholining turk armiyasiga nisbatan qarashlari keskin o'zgardi.

Zero, mazkur iddaolar soxta ayblovlarga asoslangani bois mahkamada ko'rilmasdan barbod bo'lganiga qaramay, bu muhim faktdan hamma ham xabardor bo'lgani yo'q.

So'nggi harbiy to'ntarish ortida AQChda quvg'inda yashayotgan sobiq imom Fathulla Gulen turgani da'vo qilinmoqda. Uning "Xizmat" harakati Turkiya ichida paralel davlat qurishga intilgani borasidagi ayblovlar yanada kuchaygan.

Chikastlangan obro'

Armiya to'ntarishdan oldin uning ikki yuqori mansabli zobiti adliya tizimidan jazolanib, keyinchalik mahkama hukmi bekor qilinganidan so'ng o'z ahvoliga kelishga urinayotgandi.

Maqsadga erishmagan to'ntarish esa mahkama ishlariga qayta e'tiborni tortdi.

Bir yuzdan ortiq general to'ntarishga aloqador deya hibsga olingan. Bu raqam esa Turkiya armiyasining eng yuqori mansabdagi zobitlarining uchdan bir qismini tashkil qiladi.

Deyarli barcha armiya qismlari kamida bir qo'mondonidan ayrilgan.

Yuqori mansablardan tashqari, Erdo'g'on hukumatining tozalash harakatlari natijasida 3 ming askar va 7 yarim ming politsiya xodimi hibsga olingan.

Davlatga fitnachilar tomonidan solingan tahdid manzarasida bunday harakatlarning o'tkazilishi so'zsiz zarur bo'lishi mumkin, biroq ularning miqyosi turk qurolli kuchlarining qobiliyati va ruhiy holatiga putur etkazishi muqarrar.

Harbiy amal qilish qobiliyatidan mahrum

Turkiya qurolli kuchlari bugungi kunda misli ko'rilmagan do'q-po'pisalarga duch kelmoqda.

Hibsga olingan bir yoki ikki yulduzli generallar orasida 2- Armiyani boshqargan Adem Huduti ham bor.

Ushbu 2- Armiya Yaqin Charqda eng xavfli deb hisoblangan Turkiyaning Suriya, Iroq va Eron bilan chegaralarini muhofaza qilgan. Bu armiya askarlari mamlakatning janubi-sharqida PKK kurd jangarilariga qarshi kurash olib borgan.

Demak, to'ntarish harakatlari Turkiyaning PKKga qarshi olib borayotgan kurashiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.

Amalga oshmagan putch oqibatlari IChID jihodiy guruhi bilan urushga ham ta'sir qiladi.

IChID so'nggi yilar mobaynida Turkiyada o'z amaliyotlarini sezilarli darajada oshirgan.

Ularning tarmoqlarini barbod qilish va Suriyadan Turkiyaga jihodchilarning o'tishiga chek qo'yish uchun armiya, politsiya va milliy istixborot xizmatlari orasida hamkorlik talab qilinadi.

Biroq putch vaqtida aynan politsiya va xavfsizlik qarorgohlarini nishonga olganlari bilan fitnachilar Turkiya xavfsizligini saqlab turgan uch posbon orasida o'zaro ishonch va hamkorlikni buzganlar.

Harbiy va politsiya saflarida tozalashlar davom etgani sayin, birorta tomon boshqa tomonni ishonchli sherik sifatida qabul qila olmaydi.

NATO xavotirlari

Turkiya harbiylarining NATO kuchlariga hissa qo'shish imkoniyatlari sezilarli qisqarish ehtimoli bor.

Mamlakatning strategik maqsadlarini amalga oshirish uchun siyosiy elita va harbiylar o'rtasida yaqin aloqalar mavjud bo'lishi kerak.

Putch harakatlari davlat rahbariyatini aksil IChID koalitsiyada ishtirok etish rolini qaytadan ko'rib chiqishga undashi mumkin.

"Islomiy davlat" jangari guruhiga qarshi havo hujumlarini bajargan horijiy uchuvchilar Injirlik havo bazasidan foydalanadilar.

To'ntarishga urinish sodir bo'lgan kechada fitnachilar o'z qiruvchi uchoqlarini aynan ushbu bazaga qo'ndirishgan.

15 iyul fitna amalga oshmagan bo'lsada, NATO to'qnashib kelayotgan murrakab xavfsizlik muammolari xavfli mintaqada Turkiyaning ishonchli hamkor maqomiga putur etkazishga muvaffaq bo'ldi.

Ushbu qiyin vaqtda NATO nafaqat Turkiya manfaatlarini balki o'z manfaatlarini ko'zlab, uning tarafida bo'lishi shart.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring