Yerevan: Odamlar qon to‘kilishidan xavotirda

BBC muxbiri Mark Grigoryan Yerevanda bo'lib vaziyatni kuzatgan.

Yerevanda olti kundirki, qarama-qarshiliklar davom etmoqda. Bir necha o'n qurolli kishilar patrul-nazorat postida to'rt politsiyachini garovda ushlab turibdi.

Politsiya posti joylashgan Xorenatsi ko'chasi politsiya kordoni bilan to'silgan. Kaska va qalqonlar bilan qurollangan politsiya xodimlari ro'parasida bir necha yuz g'azablangan olomon yig'ilishgan.

Bugun ular kamroq. Kunduzi issiqlik darajasi 40 ga etgan sharoitda "navbatchilik"ni ushlab turish oson emas.

Kechga yaqin mingga yaqin odam to'planadi, ba'zida undan ham ko'proq. Kechasi mitinglar boshlanadi.

Payshanba tong sahar vaziyat shunchalik taranglashdiki, politsiya bilan to'qnashuv yuz berdi. 138 kishi hibsga olindi, o'nlabi kasalxonaga olib ketildi.

Keyingi kecha va tun osoyishta o'tdi. Mening hisobimcha, Xorenatsi ko'chasida soat 11 larda 700-1000 odam bor edi.

Xavotir va norozilik

Image copyright Reuters

Odamlar politsiya shturmni boshlasa, yangi qon to'kilishi sodir etilishidan xavotirdalar. Chunki allaqachon qo'n to'kildi - politsiya patrul postini ishg'olida bir politsiyachi o'ldi.

Namoyishchilar o'ta muxolif kayfiyatdalar. "Odamlarning ahvoli juda yomon-deydi olomon ochidagilar - kambag'allik, qashshoqlik, bular esa dachalarida bayram qilib rohatlanishmoqda".

"Bular" - Armanistonda hukumatdagilarni, umuman olganda siyosatchilar va badavlat odamlar, hukumatga yaqin biznesmenlarni shunday atashadi.

Hukumatga ishonchsizlik bilan birga ular "adolat bilan" yondashishlariga umid kechqurunlari yig'ilayotgan olomonda hozircha mavjud.

Epitsentr

Hukumat namoyishchilarni politsiya bo'limiga yaqinlashtirmayapti.

Biz politsiya zanjiridan o'n qadam narida turibmiz.

"Men bu erga har kuni kelaman" - deydi o'rta yoshlardagi past bo'yli ayol, - chunki meni hamma vaqt bir narsa - qon to'kilishi mumkinligi tashvishga solyapti".

Bu iborani juda ko'plar aytishyapti hozir - to'qnashuv markazida ham, undan chekkada ham.

Bir nechta muxolif saytlar uzluksiz translyatsiyalar olib borishmoqda. Uni nafaqat Yerevanda, Moskvada ham, Parij, Los-Anjeles, Toronto... qaerda arman jamoasi bo'lsa kuzatishyapti.

Hodisa yuzasidan aksilhukumat kayfiyat va bahslar ijtimoiy tarmoqlarga ham ko'chgan.

Xorenatsi ko'chasi hayajonlar markaziga aylangan. Yig'ilganlar orasida hukumatga va hodisaga qarash turlicha bo'lsada, ular qarama-qarshilik shturmgacha olib borilmasligi kerakligida yakdil.

Chorshanba kuni hukumat vakili Eduard Sharmazanov rahbariyat ham muammoni qurolli yo'l bilan hal qilishga qarshi ekanini bildirdi.

"Bizga qon to'kish kerak emas. Muammolar ko'p. Lekin hozir bu vaziyatni tinch yo'l bilan hal qilish lozim", deb aytgan u jurnalistlarga.

Biroq hech kim qanday echim ekanini bilmaydi.

"Yigitlar agar taslim bo'lishsa, ularni terrorizm va politsiyachini o'limi uchun jazolashlarini tushunishadi. Hukumat esa ularni hibsga olishlari lozim. Nima qilish kerak?" - deydi yerevanliklardan biri.

Muxolifat guruh a'zolarini "yigitlar" deyishadi ko'pincha.

Ularning himoyasiga Yerevanda namoyishlar o'tkazilmoqda.

Armanistonda ko'pchilik radikal o'zgarishlar tarafdori. Shu bilan birga, siyosatchilar va siyosatga ishonch butunlay past darajada. Odamlar hukumatga ishonmaydi.

Qorabog' muammosining hal qilinmagani va chegarada tobora ko'proq to'qnashuvlar kelib chiqayotgani radikalizmni oshiradi.

Politsiyaning so'nggi kunlardagi harakati - faollarning kaltaklanishi, ommaviy hibslar huquqni muhofaza qilish xodimlariga munosabatni yaxshilamaydi.

"Sasna tsrer" - guruhi esa qorabog' urushi qatnashchilari bilan o'ralgan.

Ular bilan muzokaralar davom etmoqda. Biroq natija nima bilan tugashi noma'lum.

Hodisa

Qurollangan guruh 17 iyul kuni Armaniston poytaxti Yerevandagi politsiya idorasiga bostirib kirganlar va insonlarni garovga olganlar.

Ular siyosiy tutqun deb bilgan kishini ozod etish talabini ilgari surganlar.

Yerevan shahrining Yerebuni tumanidagi politsiya patrul-qo'riqlash xizmati polkiga sodir etilgan hujumda bir politsiya xodimi halok bo'lgan.

Ular Jirayr Sefilyan va siyosiy tutqun deb bilgan boshqa odamlarni qamoqdan ozod etishni talab qilganlar.

Jirayr Sefilyan muxolifat faoli, u muxolifatdagi "Yangi Armaniston" guruhi etakchilaridan biri hisoblanadi.

U Tog'li Qorabog' urushida qatnashgan.

U Armaniston hukumatini Tog'li Qoraboqqa nisbatan yuritayotgan siyosati uchun tanqid qilib kelgan.

Shu yil 22 iyunida Jirayr Sefilyan hibsga olingan, uni noqonuniy qurol saqlashda ayblashgan.

Armaniston rasmiylari Jirayr Sefilyanni davlat idoralari,shu jumladan Yerevandagi teleminorani bosib olishni rejalashtirishda gumon qilgan.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring