"Spirtli ichimliklar 7 xil saratonga sabab bo‘ladi"

Aroq Image copyright Social Media
Image caption 2012 yilda alkogol yarim million insonning o'limiga sabab bo'lgan

Olimlarning aytishlaricha, spirtli ichimliklar iste'mol qilish saratonning yetti xil turiga sabab bo'lishi mumkin.

Yangi Zelandiyada olib borilgan tadqiqot natijalari alkogol bilan saraton xastaligi o'rtasida kuchli bog'liqlik borligini ko'rsatgan.

Otago universiteti tadqiqotchilariga ko'ra, spirtli ichimliklar iste'mol qilish bilan og'iz bo'shlig'i, tomoq, jigar, ichak va ko'krak saratonlari o'rtasida bog'liqlik borligi aniqlangan.

Tadqiqot mualliflarining aytishlaricha, 2012 yilda alkogol yarim million insonning o'limiga sabab bo'lgan.

Bu raqam dunyodagi saraton xastaligining yuzdan olti foiziga to'g'ri keladi.

Addiction jurnalida e'lon qilingan tadqiqot natijalarida aytilishicha, garchi biologik sabablari ma'lum bo'lmasa-da, alkogol iste'mol qilish organizmga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Olimlarga ko'ra, spirtli ichimlik iste'mol qilish ortgani sayin saraton xavfi ham ortadi.

Ular alkogolning saratonga bevosita aloqasi bor, deb ishonishlarini aytishmoqda.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring