So'z sizga: "O'zbek mevalari raqobatbardosh, ammo..."

Image copyright BBCuzbek

Yaqinda Toshkentda bo'lib o'tgan xalqaro meva va sabzavot yarmarkasining ochilish marosimida gapirgan Bosh vazir Shavkat Mirziyoevning aytishicha, 2020 yilga borib O'zbekiston meva-sabzavot ishlab chiqarishni yiliga 32 million tonnaga etkazishni rejalashtirmoqda.

Bugungi kunda O'zbekistonda yiliga 16 million tonna meva-sabzavot etishtirilmoqda.

Bosh vazirga ko'ra, 160 mingdan ortiq fermerlik xo'jaligi bog'bonlik va poliz mahsulotlari etishtirish bilan band.

Yarmarkaning maqsadlaridan biri - o'zbekistonlik bog'bonlarning o'z mevasi va qovun-tarvuzini tez va oson Rossiyanikiga o'xshash bozorlarga etkazishlariga ko'maklashishdir.

Bunday rejalar amalga oshirilishiga ishonasizmi?

O'zbek meva-sabzavotlari o'ta mazali bo'lishi bilan ularni saqlash, naqliyot orqali etkazib berish imkoniyatlari rivojlanganmi? Sizning fikringiz qanday?

Siz o'zbek mevalari uchun imkoniyatlarni global musobaqada qanday baholagan bo'lardingiz?

Ayni shu savollarga BBCUZBEK ning Facebook va Odnoklassnikidagi mushtariylari o'z mulohazalarini jo'natishgan.

(Aksariyat izohlar tahrirsiz berilmoqda - tahr.)

Ibrohim Ashurov: 2020 yilgacha bu ishlarni bajarsa bo'ladi. Dunyo bozori bizning mahsulotga xaridorgir, faqat uni yaxshi saqlash, qadoqlash va chiroyli tarzda etkazish kerak, xolos.

Uzbek Turkiy: Uzbekistonimizda etishtirilaetgan meva va sabzovotlar chindan xam uz ta'mi shirinligi va uziga xosligi bilan boshka davlatlarnikidan ajralib turadi. Xatto Rossiya bozorlarida boshka davlatlardan keltirilgan mevalarni Uzbekistonniki deb sotish urfga kirgan.Agar meva va sobzovot etishtirib beruvchi dexkonlarimizga sharoit yaratib berilsa maxsulotlarimiz nafakat Rossiyada balki boshka Evropa bozorlarida xam sotilishi mumkin. Buni amalga oshirish uchun chetga maxsulot chikarishni monaroliyalashtirmaslik kerak. Yani maxsulot chikarishni sanokli kompaniyalar egallab olmasdan kompaniyalarni kupaytirish kerak. Xujjatlarni taerlash oson bulsin. Kerak bulsa xar bir tumanda maxsulot sotib oluvchi kompaniyalar ish yuritishsin.Bu ishda bir muammoli joyi bor.Rossiya bozorlarida maxsulotni kup eki ozligiga karab narxlar uzgarib turadi. Yana yul va chegara muammolari Shu mexanizm tulik ishlab chikilsa Uzbekiston meva eksporti buyicha boshka davlatlar bilan bellasha oladi.

Hayrullo Hayrullo: Bizni obinovvot, shakarpalak kovun tarvuzlarimiz tabiy etishtiriladi boshka davlatlarga uxshab fakat dori bilan ustirilmiydi

Bek Bekov: Uzbek mevalari zur! jaxon bozoriga chikishiga yul yuk!

Jahongir Gulliyev: Paxtadalalari kiskarmokda mevachilikni ragbatlantirish xisobiga. Demak uni eksportiga xam zamin xozirlangan bulishi k.k.

Sardor G'aybullayev: Hasharda yo'q, boshoqda yo'q, xirmonda hozirlar ko'p...O'zbekistonda mehnatni dehqon qiladi, foydani hukumat ko'radi. Eski hammom, eski tos...

Odnoklassnikidagi BBCUZBEK guruhidan:

Abdurashid: Rakobatda xitoy mevalaridan 100 marta yaxshi.

K o n s t r u k t o r: Avvalo Olloxni irodasi, kolaversa kishlok xujaligida chukur va tubdan isloxat utkazmay turib mikdorni bu darajada oshirish juda kiyin masala. Chunki Uzb.da erlarni shurlanish darajasi juda tezlik bilan oshib boryapti, kolaversa erimiz su'niy mineral ugitlarga narkomanday urganib kolgan, xar kanday poliz va sabzavotni xar xil pestitsidlar va meneral ugitlarisiz etishtirish imkonsiz jarayonga aylanib buldi. Mana shu muommolarni ijobiy xal kila oladigan chukur isloxatlargina kelajakda kishlok xujaligini barkarorligini taminlay olishi mumkin, bulmasa agrar soxa foydasiz va samarasiz soxaga aylanib koladi.

mansur yusupov: Meva sabzovotlarni rossiyaga sotsak uzimizda kimmatlaydi…

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring