Mishel Obama "manfur" Trampni qoraladi

Image copyright Getty Images
Image caption Mishel Obama

AQSh prezidentining rafiqasi Mishel Obama respublikachi Donald Trampni keskin qoralagan va Hillari Klintonni demokratlarning Milliy yig'inida prezidentlikka nomzodini qo'llagan.

Filadelfiyada kechgan yig'inda Obama xonim ehtirosga to'la chiqish qilgan.

"Televizion ekranlarda bu jamoat arboblarining nafratga to'la chiqishlari...mamlakatimizning haqiqiy qadriyatlarini ifoda etmaydi", deb aytgan gulduros qarsaklar ostida.

"Ularning darajasiga tushmang. Ular pastlashganda biz yuqori turishimiz kerak, shu bizning shiorimiz".

Berni Sanders ham avvalroq Klinton xonimni prezidentlikka nomzodini dastaklagan va o'z tarafdorlaridan ham shunday yo'l tutishlarini so'ragan edi.

Klinton xonim payshanba kuni rasman demokratlardan nomzodlikni qabul qilib olishi kerak.

"Donald Tramp bir guruhdan keyin boshqasini haqorat qilish bilan band ekan, Hillari Klinton bizning qudratimiz rang-barangligimizda ekanini yaxshi biladi", deb aytgan Berni Sanders.

Ammo Berni Sandersning ayrim tarafdorlari Klinton xonim nomzodligiga qarshi ekanlarini yashirishmagan.

Mishel Obama o'z chiqishida Trampni nishonga olganini aksariyat e'tirof etmoqda, ammo prezident rafiqasi respublikachi da'vogarning nomini tilga olmagan.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring