Suriya inqirozi: Erdo'g'on OIni tanqid qildi

Image copyright AFP
Image caption Turkiya prezidenti

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'on Ovro'po Ittifoqini suriyalik qochqinlar bo'yicha kelishuvda bergan va'dalarini bajarmayotganlikda ayblagan.

Unga ko'ra, Ovro'po rahbarlari "samimiy" emas.

Mart oyida OI va Turkiya o'rtasida qochqinlar masalasi bo'yicha erishilgan kelishuv taqdiriga 15 iyul kuni kechgan to'ntarish urinishi soya solgan.

"Ovro'po rahbarlari samimiy emas", deb aytgan Erdo'g'on Olmoniyaning ARD televizioni bilan suhbatda.

Ovro'po Ittifoqi va'da qilgan 3 milliard evrodan, Erdo'g'onga ko'ra, hozirga qadar nari borsa 2 million evro to'langan.

Turkiyada 2.7 million suriyalik qochqin boshpana topgan.

Hozirga qadar prezident Erdo'g'onga ko'ra, Turkiya suriyalik qochqinlar uchun 11 milliard evro sarflagan.

"Turkiya qochqinlar masalasida o'z va'dalarida sobit turadi", deb aytgan Erdo'g'on.

Mart oyida OI va Turkiya kelishuvga erishmasidan avval Yunoniston qochqinlar oqimini idora qilolmay qolgan edi.

Ayni kelishuv imzolanganidan keyin kechgan to'rt oy ichida esa Yunonistonga dengiz osha kelayotgan qochqinlar oqimi keskin kamaygan.

Rossiya tomon qadam va yo "sen bo'lmasang, boshqasi..."mi?

Ovro'po Ittifoqi va Turkiya o'rtasida qochqinlarga doir erishilgan kelishuvda Turkiya fuqarolariga Shengen hududida vizasiz sayohat imkoni ham berilishi kerak edi.

"Biz o'z va'dalarimizni bajarmoqdamiz, ammo Ovro'po bajarmoqdami", deb so'ragan Erdo'g'on ayni shu vizasiz sayohat haqidagi kelishuvga ishora qilib.

Ayni paytda Anqaraning Turkiya bilan munosabatlari bir qadar ilib borayotgani kuzatilgan.

9 avgust kuni Turkiya prezidenti o'zining hamkasbi Vladimir Putin bilan Sankt-Peterburgda uchrashishi rejalangan.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring