Ukraina Rossiyaga 3 mlrd dollarni nega qaytarishi kerak?

Image copyright RIA NOVOSTI

Ukraina Moliya vazirligi Rossiya 2013 yil oxirida bergan 3 mlrd dollar qarzni qaytarish sababini ko'rmayapti.

"Bu bizni olishga majbur qilingan siyosiy kredit edi. Men bu pullarni qaytarishga asosni ko'rmayman", deb aytgan Moliya vaziri Aleksandr Danilyuk Espreso.TV. kanali efirida.

"Biz bu pullarni qaytarishga mas'ul emasmiz", deb qayd etgan u.

O'tgan yil oxirida Ukraina hukumati Viktor Yanukovich boshqaruvi paytida Rossiya tomonidan berilgan 3 mlrd dollar qarzni to'lashga moratoriy kiritdi.

2013 yil dekabrda o'sha paytda Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich Moskvaga ishchi safari bilan borgan edi. Ayni vaziyatda Maydonda bir oydan beri Ukrainaning OI bilan kelishuvini talab qilgan norozilik namoyishlar davom etayotgan edi.

Viktor Yanukovich va Vladimir Putin uchrashuvi ortidan Moskva Kievga ikki moliyaviy masalada yon bosgani ayon bo'ldi. Birinchisi gaz narxi bir kubometrga 268,5 dollardan kelishildi, ikkinchisi Rossiya Ukrainaga 15 mlrd dollar qarz berishga tayyorligi ma'lum bo'ldi.

Bir necha kun o'tib esa dastlabki 3 mlrd dollarga teng qimmatbaho qog'ozlar Ukrainaga o'tkazildi.

Biroq Moskva kelishuvidan uch oy o'tib Yanukovich hokimiyatdan ajraldi.

Ukrainadagi voqealar orqasidan yangi saylangan prezident Poroshenko Bloomberg agentligiga bergan intervyusida 3 mlrd dollarni pora deb atadi. Janob Poroshenko Yanukovich bu pullar evaziga OI bilan kelishuvni imzolamaslikka Putin bilan kelishgani orqasidan oldi, dedi.

2016 yil fevral oyida Rossiya pullarni talab qilib Ukrainaga nisbatan London Oliy mahkamasiga ariza topshirdi.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring