"Shortikda kelsangiz ichkariga kiritilmaysiz!"

Toshkent shahridagi poliklinika va kasalxonalarga kaltalangan shim (shortiklarda) kirish taqiqlangan.

Shahar poliklinikalarida bu haqida ogohlantiruvchi eslatmalar o'rnatilgan.

Bunday "dress code" kiritilishi sabablari noaniq, lekin bu holatdan aksariyat shaharliklar mamnun emas. Ayniqsa havo harorati shu kunlarda +40 gradus issiq bo'lib turgan bir paytda kiritilgan bunday yangilik ijtimoiy tarmoqlarda turli bahslarga sabab bo'lmoqda.

Jumladan, Facebookdagi "Russkie v Uzbekistane" guruhi foydalanuvchisi Rustam Kamilov quyidagi savol bilan murojat qilgan: "Savol- agar men o'zimni betob his qilsam, kasal bo'lib qolsam… ko'chada esa havo harorati 41 gradus. Nima qilishim kerak?"

Foydalanuvchi Maksim Leonidovich unga javoban: "Faqat kostyum va usti yopiq poyafzal kiyib kirish mumkin! Shim, kalish", deya hazil qilgan.

"Ishonish qiyin bo'lgan habar, lekin bunday "zapret"larga ko'nikkan kishi bunga ishonadi ayniqsa foydalanuvchi Alexandra Muzika sharxidan so'ng: "Yaqinda farzandim bilan shoshilinch tarzda birinchi hukumat poliklinikasiga klassik shortik kiyib bordgan edim… plyajniki e'mas, kalta yoki tor e'mas… meni janjal ko'tarmagunimcha kiritshmadi.. yo'limni to'sib turvolishdiya…dahshat", deydi Alexandra Muzika.

Elena Prikhodko gaplariga ko'ra, u bunday to'siqni aylanib o'tishni oson yo'lini topgan: "Kalta bo'lmagan, djins shortlarda borgan edim. Menga kiraverishda short kiyib kirsh taqiqlanhgan deb aytishti. Endi har borganimda o'zim bilan ro'mol olib boryapman. Kirish oldidan shortlar ustidan o'rab huddi yubka kiygandak kirib ketaveraman - hech kim indamaydi", deb o'z tajribasini o'rtoqlashadi u.

"Shunday ekan, erkaklarni uydan kostyum, galstuk ayolarni esa uzun ko'ylakdan boshqa kiyimda uydan chiqishlarini man e'tish kerak. Shortlarni va boshqa engil kiyimlarni faqat horijga chiqayotganlarga berish kerak", deb yozadi Maksim Savochkin.

Ayrim foydalanuvchilar yuqoridagi sharhlarga e'tiroz bildirganlar. Ularning fikrlaricha kishi borayotgan joyiga qarab ustbosh kiyishi kerak.

Muxarram Abdullaeva: "Odamla avval Kim ekanligimizni unutmaylik. Biza uzbekmiza kiyinish odobi konimizga singigan. Erkaklarimizga kelsak yarashadigan ishni kilishsadeee", deya maslahat beradi.

"Boltiq boyida jamoat joylarida short va cho'milish kiyimlarda yurish man etilgan. Bu holatni to'g'ri deb hisoblayman. Har bir ustbosh o'zining kiyib boriladigan joyi bo'lishi kerak", deydi Yulduz Rakhimova.

Gulmira Mirsaidovaga ko'ra, "Nima qipti? O'ziga yarasha dress kod! Kishini hayron qoldiradigan joyi yo'q".

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring